Andijonda go‘sht 29 ming so‘mdan sotiladigan bo‘ldi

Obuna bo‘lish
Maxsus o‘tkazilgan nazorat tadbiri natijasida bir kilogramm go‘shtning eng maqbul narxi aniqlandi

TOShKENT, 19-iyul — Sputnik. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida turli soha vakillari bilan uchrashib, taraqqiyotning ikkinchi bosqichida olib borilayotgan siyosatning mazmun-mohiyatini tushuntirmoqda. Aholi turmush farovonligini ta’minlash yo‘lidagi dolzarb vazifalar muhokama qilinyapti, deb xabar qildi "Andijonnoma" nashri.

Masopererabativayushee predpriyatie APX Miratorg v Branskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Go‘sht eksport qilishga ruxsat berildi
"Ana shunday uchrashuvlardan biri "Bog‘i Bobur" dam olish maskanida bo‘lib o‘tdi. Tadbirda go‘sht va go‘sht mahsulotlarining narxi asossiz ko‘tarilayotganligi muhokama qilindi. Yig‘ilishga sohaga aloqador tashkilotlarning rahbarlari, shahar va tuman hokimlari, prokuratura, ichki ishlar, soliq idoralarining xodimlari va qassoblar taklif etildi", — deyilgan xabarda.

Uchrashuvda ayni kunlarda viloyat hududida bir kilogramm go‘shtning narxi 34 ming so‘mga ko‘tarilgani aytilgan. Asossiz ravishda narx belgilash esa aholi noroziligiga sabab bo‘layotganligiga e’tibor qaratilgan. Vaziyatni barqarorlashtirish yuzasidan mutasaddilar chora ko‘rmayotganligi tanqid ostiga olingan.

Jarayonni tahlil qilish maqsadida nazorat tadbiri o‘tkazilgan. Unga ko‘ra, bir kilogramm go‘shtning eng maqbul narxi aniqlangan.

"Muhokamalar yakunida viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan 622 ta qassobxonaning barchasida bir kilogramm go‘sht 29 ming so‘mdan sotiladigan bo‘ldi", — deyilgan xabar yakunida.

Jahongir SODIQJONOV.

Yangiliklar lentasi
0