TOShKENT, 25-iyul — Sputnik. O‘n uch yil muqaddam — 2004-yil 30-iyul kuni Toshkentdagi Isroil elchixonasi yaqinida qo‘poruvchilik harakati sodir etilgan. Xudkush-terrorchi hujumi oqibatida elchixona xavfsizlik xizmati xodimi Ozod Salyaxov va MXX ofitseri Vacheslav Makarovlar halok bo‘lishgan.
Tadbirda Isroilning O‘zbekistondagi elchisi Karmela Shamir xonim nutq so‘zladi.
"2004 yilning 30-iyul kuni Ozod Salyaxov va Slava Makarov Isroil Elchixonasini himoya qila turib, o‘z hayotlari bilan vidolashdilar. Xuddi shu kunning o‘zida O‘zbekistondagi AQSh elchixonasi va O‘zbekiston Bosh prokuraturasi binolariga hujumlar uyushtirildi.
Bugun biz halok bo‘lganlarni xotirasini yod etish, ular sodiq bo‘lgan qadriyatlarga ehtirom ko‘rsatish uchun to‘plandik.
Biz o‘z ishimizni davom ettirishimiz uchun Siz keragidan ortiq narxni to‘ladingiz. Bizning faoliyatimiz davom etmoqda, mana shu ish tufayli xalqlarimiz va mamlakatlarimiz o‘rtasida insoniylik rishtalari yanada jipslashmoqda.
Bu fenomen Yer sharidagi barcha mamlakatlarni — sharq va g‘arb, shimol va janubga tegib o‘tmoqda. Biz barchamiz qo‘poruvchilik harakatlari oqibatida og‘riqlarni boshdan kechirib, g‘azabni his qilamiz.
Bunday tahdidga javobimiz bitta bo‘lmog‘i lozim — butun dunyodagi yosh avlodni munosib tarbiya va ta’lim berish, inson tanlovini hurmat qilish, xilma-xilllik, bag‘rikenglik, zo‘ravonlikka qarshi turish, insoniylik bosh tamoyillariga ishonch va tinchlik huquqi sari intilmog‘imiz lozim.
Bularning hammasi esa taraqqiyot va ravnaq o‘rniga ajal va vayronagarchilikka da’vat qilayotgan boshliqlarni topib, ularning jazosini berishda uyushqoqlik va yakdillik bilan amalga oshiradigan harakatlarimizda o‘z aksini topishi kerak.
Xotima o‘rnida halok bo‘lganlar oilalariga o‘zimning chuqur hamdardligimni izhor qilmoqchiman.
Biz hech qachon bu qurbonliklarni va sizning qalb jarohatingizni unutmaymiz.
Bizning xayollarimiz hamisha siz bilan biz siz uchun duodamiz.
Rahmat".
Tadbir yakunida elchixona va halok bo‘lganlar oilasi nomidan elchixonaga kiraverishda o‘rnatilgan yodgorlikka gulchambar qo‘yildi.