Terrorchilar axborot texnologiyalaridan borgan sari faol foydalanmoqda - Mirziyoyev

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev na zasedanii soveta glav gosudarstv - chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva (ShOS) v rasshirennom sostave - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammitida tashkilot Mintaqaviy aksilterror tuzilmasining faoliyati va vakolatlarini kengaytirishni taklif qildi

TOShKENT, 9-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasiga global axborot makonida yuzaga keladigan tahdidlar monitoringi tizimini tashkil etish va ularga qarshi kurashish vakolatlarini berishni taklif qildi.

Prezident RF V. Putin prinyal uchastie v rabote XXI Peterburgskogo mejdunarodnogo ekonomicheskogo foruma - Sputnik O‘zbekiston
Putin: ID Markaziy Osiyoda vaziyatni izdan chiqarish rejasini tuzmoqda

"Bugungi kunda xalqaro terrorchi guruhlar va buzg‘unchi kuchlar o‘z faoliyatida axborot texnologiyalaridan yanada kengroq foydalanmoqda. Ularni yoshlarimiz ongini zaharlash va zo‘ravonlik g‘oyalarini tarqatish uchun qo‘llamoqda", — dedi Mirziyoyev Ostonadagi ShHT sammitidagi chiqishi chog‘ida.

U shuningdek, o‘sib kelayotgan avlodning turli terrorchi va radikal guruhlarga jalb etilishiga qarshi kurash borasida hamkorlikdagi aniq choralarni kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

"Islomning barchani hamisha ezgulikka, tinchlik va bag‘rikenglikka chorlovchi asl qadriyatlarini keng tushuntirish va targ‘ib qilish muhim deb hisoblaymiz. Ushbu maqsadda Samarqand shahrida Islom hamkorlik tashkiloti ko‘magida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilmoqda", dedi O‘zbekiston rahbari.

Mirziyoyev O‘zbekiston markaz ishida ShHT mamlakatlari ulamolari faol ishtirok etishiga umid bildirayotganini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0