TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. 2017 yil 5-14 iyul kunlari «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi tomonidan «Fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti to‘g‘risida» mavzusida ekspress-so‘rovi o‘tkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston 24 teleradiokanali.
So‘rovdan ko‘zlangan maqsad — prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyati to‘g‘risida o‘zbekistonliklarning davlat rahbariga bo‘lgan ishonchi reytingini aniqlash. Unda 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etgan.
Espress-so‘rovda fuqarolarning ko‘pchiligi — 92,4 foiz Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqi o‘rtasida yuqori obro‘ga va ishonchga ega ekanligi haqida fikr bildirganlar.
Natijalarga ko‘ra, o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi — 89,7 foizi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholaydi.
Ishtirokchilarning 83,5 foizi davlat rahbari o‘tkazayotgan siyosat aholining orzu-umidlariga mos keladi, degan fikrda. O‘zbekiston davlat rahbari tomonidan mamlakat iqtisodiyotini, ijtimoiy sohani, tibbiyot sohasini, axborot-kommunikativ texnologiyalarini, sanoatni modernizatsiyalash va investitsiyalarni jalb qilishni, sud-huquq tizimini, fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlardan to‘la darajada qoniqadi.