Shavkat Mirziyoyev siyosiy portretiga sharh

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston rahbarining 60-yillik yubileyi arafasida Sputnik mualliflaridan biri Shavkat Mirziyoyev siyosiy portretini taqdim etdi. Shuningdek, u Rossiya hamda G‘arb Mirziyoyevga nisbatan qanday munosabatda ekanligini tahlil qildi

Igor Nikolaychuk — xalqaro xavfsizlik sohasi bo‘yicha ekspert, maxsus mediametrik tadqiqotlar Markazi.

O‘zbek xalqi haqida ular tabiatan mohir munozarachi, deb aytish mumkin. Ularda "Eskisiz yangi, yomonsiz yaxshi bo‘lmaydi" degan maqol bor, menga juda yoqadi.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, agar uning ushbu mas’uliyatli va mashaqqatli (kesatiqsiz) faoliyatidan kelib chiqib baho beradigan bo‘lsak, bu xalq hikmatini u o‘zi uchun yaxshi bir siyosiy tamoyil qilib olgan, deyish mumkin. Chuqur o‘ylab qaraydigan bo‘lsak, bugungi kunda amalga oshirilayotgan samarali, ammo ehtiyotkorona islohotlarning mahsuli ham ana shunda (bu haqiqatda juda zarur bo‘lgan o‘zgarishlar desak, to‘g‘riroq bo‘lur edi).

Shu bilan birga inkor etib bo‘lmas bir tushuncha borki — siyosiy jarayonlarni ideal amalga oshirish — bu ushalmas orzu. Ammo bu umidsizlikka tushishga sabab bo‘la olmaydi. Darvoqe, xorij sharhlovchilari O‘zbekiston prezidentining nafaqat tabassumi, balki uning qaror qabul qilishiga ta’sir ko‘rsatadigan sezgirligini ham qayd etadilar. Shu bilan birga Mirziyoyev hamisha o‘z xatolarini tan oladi va ularni tuzatadi.

Jurnalistikadagi siyosiy portret janri murakkab hisoblanadi. Sharqona an’analarga ko‘ra, muallif kafti tillaga to‘lishi yoki qamchi yeb qolishi ham mumkin.

Shavkat Miromonovich esa o‘zining 60 yoshida o‘ziga haykal qo‘ymoqchi emasligi sezilmoqda. Bu albatta, maqtovga loyiq, ammo g‘arblik "portretchilar" uchun ayrim ijodiy noqulayliklar yaratadi.

Ular shunga mos muhitni poylashadi — ularga o‘z xaramiga ega, yelpig‘ich tutgan mulozimlar qurshovidagi gollivudcha sharq mustabidi yoki zamonaviy targ‘ibot bozorida eng xaridorgir "totalitar yetakchi"ni tasvirlash uchun bahona kerak. Bu "Markaziy Osiyo"dan yana nimani ham kutish mumkin?!

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyevni Kremlda tantanali qabul qilishdi
Bu yerda bir haqiqatni aytish joizki, mintaqa mavzusida qalam tebratadigan xolis chet ellik ekspertlar Mirziyoyevni zamonaviy siyosatchi deb atalishga loyiqligini tan olishdi.

O‘zbekiston prezidenti Markaziy Osiyo rahbarlari orasida mahalliy diniy elitadan o‘zini masofada saqlovchi yagona rahbar bo‘lsa kerak.

Boshqacha qilib aytganda, u dindorlarni siyosatga aralashtirmaydi va xalq urf-odatlarini diniy rasm-rusumlar bilan adashtirmaydi. Ochig‘ini aytish kerak, masalan amerikaliklarga bu yoqadi. "Sotqin Amerika jurnalistlari" haqida nimalar deyilishidan qat’iy nazar, Mirziyoyevning ko‘pxotinlikka qarshi kurash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish borasidagi tashabbusi Amerika matbuotida xolisona yoritildi. Mirziyoyev munosib baholandi.

Bu yerda yana bir yashirin xavf, boshqacha aytganda, tanganing ikkinchi tomoni bor. Shavkat Mirziyoyevni g‘arblik manfaatparastlar tanishlari uchun uni liberal yo‘nalishdagi islohotchi sifatida ko‘rsatish, ya’ni "o‘zbek Gorbachevi"ga aylantirish kerak. Ochig‘ini tan olaman, "qayta qurish" degan so‘zni eshitsam qo‘lim validolga yuguradi. O‘ylaymanki, faqat mendagina bunday bo‘lmaydi. Shu bois bu yorliq tezroq olib tashlanishini chin dildan istayman.

Umuman olganda, O‘zbekiston prezidentida shaxsiy liberal-islohotchilikka intilish xususiyati yo‘qligi hozirdanoq tan olinyapti. Globalistlar yaxshi usul o‘ylab topishdi: Mirziyoyev hech qanday islohotchi emas, biroq mamlakat Karimov davrida ayniqsa iqtisodiy jihatdan samarasiz boshqarilgan, shu bois yangi rahbar Chikagocha uslubda islohotlar o‘tkazishi shart. Buning uchun esa birinchi navbatda ichki siyosatni erkinlashtirish darkor. Shavkat Miromonovich, inson huquqlari himoyachilari va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha professional havaskorlarga eshiklarni lang oching. Mana, bu borada ijobiy belgilar ham bor.

O‘zbekiston ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Namnews: "Ozodlik"ning xurmacha qiliqlari sabr kosamizni toshirib yubormoqda
O‘zbekiston hukumati Human Rights Watch xodimlari mamlakatda ish boshlashiga ruxsat berishga tayyorligini bildirdi. Toshkentga VVS jurnalistlari ham qaytmoqda. Biroq radikal liberalizm tarafdorlariga bu ham kam. Shu o‘rinda sovet shoiri Nikolay Oleynikovning "Noshukr hissador" she’ri yodga tushadi. She’rda shakar va sovun olgan hissador baliq va un ham qo‘shib berishlarini talab qilganligi ifodalanadi.

Endi mamlakatga BMTning qiynoqlar masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilarni kiritish, fuqarolik jamiyat faollarini ozodlikka qo‘yib yuborish kerak (bu yerda avvalo 2005-yilda Andijonda bo‘lgan qonli qirg‘inlar sababchilari nazarda tutilmoqda). Umuman olganda, O‘zbekistonda inson huquqlari borasida murakkab vaziyat yuzaga kelgan.  

Xayrixohlik ruhidagi jurnalistlar Mirziyoyev "ko‘plab masalalarga yangicha qaramoqda", "yevropaliklarning nigohida inson huquqlari bo‘yicha muloqotlar tiklamoqda" degan fikrlarga ehtiyotkorlik bilan ishora qilishmoqda.

Bo‘lmagan gap! – degan javob yangramoqda liberalizm tarafdorlaridan. Ularning fikricha bularning barchasi rejalar haqida bayonotlar, xolos. Buning ustiga shuni ham unutmaslik kerakki, u Karimov rejimining tarbiyalanuvchisi, demak u o‘zgarmaydi. Va eng asosiysi, "fitnachilar" davrani boshqarib bormoqda. Milliy xavfsizlik xizmatining fuqarolik tashabbuslari va kadrlar ustidan nazorati saqlanib turibdi. Rustam Inoyatov (MXX rahbari) prezidentga bo‘g‘ma ilon o‘z o‘ljasiga qaragandek qaramoqda. Haqiqiy milliy xavfsizlik uchun ularning har biri alohida qafaslarga ajratilsa edi.      

O‘zbekiston rahbari faoliyatining ayrim tomonlari borki, ular haqida chet el ommaviy axborot vositalariga tayanmasdan gapirishni xohlardik. Bu albatta, Rossiya — O‘zbekiston munosabatlarining holati va rivojlanish istiqbollaridir.

O‘zbekistonda Prezident saylovlaridan keyingi holat - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbeklar qat’iyatli va kuchli fe’l atvorga ega xalq - Xitoy

Bugungi kunda aksariyat rossiyalik mutaxassislarning fikricha, O‘zbekiston hukmron elitalari quyidagi geosiyosiy taqsimotni inobatga olishga majbur: Rossiya bilan gumanitar va harbiy sohada aloqalar ustuvorligi, Xitoy Xalq Respublikasining iqtisodiy sohada yetakchiligi, Rossiya va Xitoyning siyosiy sohadagi dinamik muvozanati. Menimcha bunday holat barchani qoniqtirishi kerak.  Aytgancha, Mirziyeyov davrida Moskva va Toshkent o‘rtasidagi harbiy hamkorlik ilgarigi rahbariyat davridagidan ko‘ra yangicha tus oldi. Rossiya hukumati o‘zbek armiyasini mintaqadagi eng qudratli va jangovar armiyaga aylantiri istagini qo‘llab-quvvatladi. Afg‘onistondagi notinch vaziyatni hisobga olgan holda bu Rossiyani to‘liq qoniqtiradi.

Lekin bu yerda O‘zbekiston rahbariyati oldida istiqbolni belgilovchi bir masala yuzaga kelmoqda: Rossiyani "ketuvchi", Xitoyni esa "yuqorilayotgan" davlat sifatida ko‘rish mumkin. Va ikki tomonlama munosabatlar shu asosda quriladi. Bu yerda O‘zbekiston rahbarida tanlash maydoni mavjud.

Balki adashayotgandirman, hozircha Shavkat Mirziyoyev Rossiya mintaqada ko‘plab obyektiv omillar orqali tushuntirish mumkin bo‘lgan qonuniy manfaatlarga ega ekanligini bildirmoqda. Ya’ni, Rossiyaning hech qayerga ketish niyati yo‘q.

Xullas, o‘zbeklar aytmoqchi qimirlagan qir oshar. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti sifatida Shavkat Miromonovich Mirziyoyev o‘zining birinchi dovoniga ko‘tarilmoqda. U harakatda. Uning siyosiy yo‘li ravon bo‘lsin, hech qachon adashmasin! Umri uzoq bo‘lsin.

Muallif fikri tahririyat nuqtayi-nazaridan farqlanishi mumkin.

Yangiliklar lentasi
0