"O‘zbekiston 24" teleradiokanali o‘z efirlarini boshladi

© Sputnik/Viktor TolochkoTelevizor tomosha qilayotgan odam
Televizor tomosha qilayotgan odam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliy teleradiokompaniya raisi o‘rinbosari Bobir Alixonovning so‘zlariga ko‘ra, tomoshabinlarga jurnalistik surishtiruv asosida tayyorlangan tanqidiy va analitik materiallar namoyish etiladi

TOShKENT, 24-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda kunu-tun faoliyat yuritadigan "O‘zbekiston 24" telekanali ishga tushirildi.

"O‘zbekiston 24" butun respublika bo‘yicha o‘z faoliyatini o‘zbek, rus va ingliz tillarida olib boradi. Telekanal efirida respublikaning ichki va tashqi siyosatiga doir yangiliklar, reportajlar va boshqa dasturlarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi.

montajnaya komnata televizionnogo kompleksa - Sputnik O‘zbekiston
"O‘zbekiston 24" telekanalini jahonga mashhur media boshlovchilar tabriklaydi
Yangi telekanal rahbariyati xorij davlatlarida ham o‘z muxbirlik punktlarini tashkil etishni rejalashtirgan.

So‘nggi xabarlarga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari va o‘z bloglaridagi chiqishlari orqali ko‘pchilikning e’tiboriga tushgan blogerlar, internet-jurnalistlar 23-iyul kuni "O‘zbekiston 24" teleradiokanali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati rahbari Asad Xo‘jayev va O‘zbekiston MTRK raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Alixonovlar 24-iyuldan o‘z faoliyatini boshlaydigan informatsion-tahliliy teleradiokanal va uning imkoniyatlari, rejalar borasida mehmonlarga ma’lumotlar berishdi", — deyiladi telekanal saytida berilgan xabarda.

Prodaja plazmennix televizorov - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston 2018-yil yakunida raqamli teleuzatishga to‘liq o‘tadi
Ta’kidlash kerak, 24 soat davomida muxlislarga yangi va tahliliy axborotlarni yetkazish juda katta mehnat va mas’uliyat talab etadi. Teleradiokanalning ijodiy-texnik jamoasi a’zolari esa ayni damda efir startiga jiddiy hozirlik ko‘rishmoqda.

Blogerlar zamonaviy studiya, efirga uzatish tizimi faoliyati bilan birinchi bo‘lib tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Shuningdek, teleko‘rsatuvlarni montaj qilish, Uzbekistan24.uz sayti faoliyati, shuningdek, O‘zbekiston radiokanalining ijodiy ishlab-chiqarish jarayonlaridan boxabar bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, "O‘zbekiston 24" teleradiokanali 2017-yilning 24-iyul kuni, soat 10.00 dan efirga uzatildi.

Yangiliklar lentasi
0