TOShKENT, 19-iyun — Sputnik. Yangi "O‘zbekiston 24" telekanali ochilishi kuni, garchi hali bu sana aniq bo‘lmasada, (yaqin bir necha oylarda ro‘y berishi kutilmoqda), telekanalni ish faoliyati boshlanishi munosabati bilan jahonga mashhur media boshlovchilar tabriklaydi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobir Alixanov ma’lum qildi.
Alixanovning so‘zlariga ko‘ra, telekanal faoliyatining dastlabki kunlarida telekanal xodimlari va tomoshabinlarni jahonda ko‘zga ko‘ringan xalqaro media boshlovchilar qutlaydilar. Qutlovlar videoroliklar ko‘rinishida namoyish etiladi.
"Biz birinchi navbatda taniqli xalqaro media boshlovchilarni jalb qilamiz, ikkinchi navbatda bu kabi media qahramonlarni o‘zimiz yaratamiz. Ular efir ishtirokchilari bo‘ladilar. Yaqinda mamlakatda noyob maydon — Xalqaro press-klub paydo bo‘ldi. Bu yerda kontentlar yaratilib, jurnalistlar to‘planishmoqda. Amaldorlar psixologiyasi, davlat vakillari uchun bunday maydon mavjudligi muhim. Ular OAV savollariga qo‘rqmasdan javob berish va xalq bilan muloqot qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lib, bu borada mahoratlarini oshirmoqdalar", — deb ta’kidladi Alixanov.
Alixanovning aytishicha, hozirda mahalliy hukumat rahbarlari efirda o‘zlarini qanday tutishni bilishadi. Ular noqulay va muammoli savollarga ham bemalol javob bera oladilar. Rahbarlar bu ko‘nikmalarga aynan press-klub yig‘ilishlarda ega bo‘lmoqdalar.
"Respublikaning ko‘plab vazirlik va idora rahbarlari haqiqiy media shaxs sifatida o‘zlarini namoyon qilishmoqda. Ularning ko‘pchiligi yana shu yig‘ilishlarda takroran ishtirok etish haqidagi fikrlarni bildirmoqdalar. Bunga misol tariqasida, joriy yil 5-iyul kuni Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot yig‘ilishini o‘tkazadi. Ushbu yig‘ilishda O‘zbekistonning xorijiy mamlakatlardagi 50 nafar elchilari fuqarolarning savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri batafsil javob beradilar", — deb qo‘shimcha qildi Alixanov.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.