TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda 2018-yil dekabr boshida yer osti teleuzatmalar to‘xtatiladi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri Vazirlar Mahkamasining qaroriga asoslanib.
O‘zbekiston hukumatidagi manbaning ma’lumotiga ko‘ra, muqobil teleuzatmalarni to‘xtatish bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Buning uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan maxsus jadval tasdiqlangan. Unga asosan muqobil teleuzatish Toshkent shahrida 2018-yil 15-iyulgacha, butun respublika bo‘yicha esa 2018-yil 5-dekabrda to‘xtatiladi.
Hozirgi kunda raqamli teleuzatishga yengil o‘tish uchun birinchi bepul va hammabop bo‘lgan raqamli telekanallar to‘plami (multipleks) shakllangan. Hozirgi kunda ushbu to‘plam Milliy teleradiokompaniya tarkibiga kiruvchi 13 ta kanalni o‘z ichiga oladi. Bular: "O‘zbekiston", "Yoshlar", "Sport", "Kinoteatr", UZ HD va boshqalar. Shuningdek, uning tarkibiga 7 ta hususiy telekanallar: Mening Yurtim, Caravan TV, UzReport TV, Zo'r TV HD, FUTBOL TV, Milliy TV, Zo'r TV kiradi.
Masalaning texnik tomoniga keladigan bo‘lsak, qarorda 2017-yil yakuniga qadar respublikaning barcha aholi yashash punktlari raqamli teleuzatmalar uchun zarur 90 komplekt katta va 404 komplekt kichik quvvatli uskunalar bilan ta’minlash haqida Axborot texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga topshiriq berildi.
"Muqobil teleuzatishlarni to‘xtatish yengil o‘tadi. Masalan, aholining ehtiyojmand qismlari va nafaqaxo‘rlarga raqamli televidenie xizmatlaridan foydalanish uchun kerakli uskunalar, jumladan, televizorlar, pristavkalar va boshqalarni xarid qilish uchun imtiyozli iste’mol kreditlarini taqdim etishni kengaytirish tavsiya etiladi" — deb ta’kidladi suhbatdosh.
Bundan tashqari, raqamli teleuzatish xizmatlarga foydalanish uchun keng imkoniyatlar berish maqsadida xorijiy sun’iy yo‘ldosh aloqa segmentini ijaraga olish bo‘yicha mablag‘lar ajratiladi.
Eslatib o‘tamiz, sal avval raqamli teleuzatish tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va boshqa qator tijorat banklari tomonidan O‘zbekistonga 62,5 mln dollar kredit ajratilgan edi.
Ushbu loyihani amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston tomoni Yaponiyaning Ogawa Seiki Co. Ltd kompaniyasi bilan 73,6 mln dollarlik raqamli teleuzatish uskunalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.