Xalqaro press-klubda deputatlar qanday takliflar bilan chiqishdi?

© Mejdunarodniy Press-klubPoliticheskie partii: analiz, initsiativi i sotsialnaya otvetstvennost
Politicheskie partii: analiz, initsiativi i sotsialnaya otvetstvennost - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda yoshlar siyosati, xalq bilan muloqot qilish, Oliy Majlis va siyosiy partiyalar ish tizimi haqidagi masalalar muhokama qilindi

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. 19-iyul kuni Xalqaro press-klubda parlament a’zolari va siyosiy partiyalar vakillari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekistonda tungi klublar ish vaqti soat 2ga qadar uzaytirilishi mumkin

Yig‘ilishda yoshlar, xalq bilan muloqot, Oliy Majlis va siyosiy partiyalar ishlash tizimi yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi.

Deputatlar va mutaxassislar fikrlari va takliflaridan iqtiboslar keltirib o‘tamiz.

"Deputatlar odamlarni ijtimoiy yoki sinfiy tomondan ajratishmayapti, ular hamma bilan baravar ish olib borishmoqda" — deb ta’kidladi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev.

Huddi shu palatasi deputati Muxarram Dadaxo‘jayeva esa yoshlar ta’limiga alohida e’tibor qaratish zarurligini aytdi. "Yoshlarga ular xorijiy davlatlar siyosatini chuqur o‘rganishlari uchun imkoniyat yaratish kerak. Shuningdek, erta yoshdan bolalarni rivojlantirish va tarbiyalash ishlariga alohida e’tibor qaratish zarur".

"Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengash raisi o‘rinbosari Feruza Muhamejanova esa 2004-yilda qurilgan 465 ta maktabda kutubxona yo‘qligi, musiqa maktablarda esa 3 ta o‘quvchiga 1 dona sripka, 50 dan ortiq o‘quvchiga 1 ta rubob to‘g‘ri kelayotganini misol tariqasida keltirib o‘tdi. Shuningdek, butun respublika bo‘yicha ta’lim tizimini yaxshilash va muamolarni hal qilish uchun xalq bilan ko‘proq muloqot qilish kerakligini ta’kidladi.

"Band aholining 30 % bugungi kunda rasman ishlamaydi. Buning asosiy sababi ishga qabul qilish jarayonining murakkabligidir. Misol uchun, nima sababdan ma’lum miqdordagi taksichilar rasman ro‘yxatdan o‘tishmayapti? Buning asosiy sabablari: mashinaning rangini o‘zgartirish zarurligi, yangi raqam olish hamda qo‘shimcha to‘lovlarni to‘lash kerakligida. Lekin ushbu talablarni minimal darajaga keltirish mumkinku? Nima sababdan deputatlar bunday muammolarni hal etish bo‘yicha qonun loyihalarini taqdim etishmayapti?"- dedi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdurashid Abduqodirov.

"Hokim lavozimiga partiyalar o‘z nomzodlarini qo‘yishlari kerak. Partiya hukumat bilan kengroq ishlashi kerak"- deb taklif kiritdi Muqimjon Qirg‘izboyev.

O‘zLiDeP chekka hududlarda sariq rangdagi taksilardan voz kechishni taklif qildi
"Partiya hukumat uchun kurash olib boradi. Demak, O‘zbekistondan 4 ta siyosiy partiya mavjudligi bu 4 ta davlatni rivojlantirish loyihasi demakdir. Mablag‘ yo‘qligi sababli harakat qilmasdan o‘tirish bu — noto‘g‘ri. Partiya har doim harakatda bo‘lishi kerak. Afsuski, bugungi kunda biz o‘zimizning partiya vakillaridan ko‘ra Rossiyadagi partiyalar faollarini yaxshiroq bilamiz. Bizda yetuk qonun loyihalarini ishlab chiquvchilar yo‘q. Buyuk Britaniyada partiya saylovda g‘oliblikni qo‘lga kiritsa, ushbu partiya hukumatni shakllantiradi. Ammo, saylovlarda yutqazgan partiya parlamentda qolib "soyadagi kabinetda" ish faoliyatini davom ettiradi. Ular qonun loyihalardagi xato kamchiliklarni topishadi. Hukmron partiyani tanqid qilish bilan shug‘ullanishadi. Bu kabi tizimni bizda ham rivojlantirish kerak" — dedi siyosiy fanlar nomzodi Nigora Umarova.

Buyuk Britaniya elchixonasi bu masalada yordam berishga tayyor ekanligini bildirgan.

Bundan tashqari, xorijiy tajribalarni o‘rganish bo‘yicha institut tashkil etish taklifi kiritilgan.

Ilmiy tadqiqotlar instututlarni tashkil etish tufayli ko‘plab muammolarni hal qilish mumkinligi aytilgan.

Yangiliklar lentasi
0