TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Tungi klublar va barlar ish vaqtini uzaytirish masalasi Xalqaro press-klub majlisi davomida ko‘tarildi va Oliy Majlis ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan masalalar qatoriga qo‘shildi, deb xabar qilmoqda Podrobno.uz.
Ayni damda O‘zbekistonda ko‘ngilochar maskanlar faoliyati kech soat 23:00 ga qadar cheklangan. Oliy Majlis deputatlari ushbu masalani ko‘rib chiqishni va’da berishdi. Tashabbuschilar fikriga ko‘ra bunday chora mamlakatga ko‘proq turistlarni jalb qilish imkonini beradi.
O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi tungi klub va restoranlar ish vaqtini uzaytirish masalasini Turizmni rivojlantirish konsepsiyasiga kiritishi mumkin.