TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) olis tumanlar uchun taksi litsenziyasini rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish kerak taklifni ilgari surdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
"Misol uchun, nima uchun taksichilarning ma’lum bir qismi bugun rasman o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tishmaydi? Biz bu masalani o‘rgandik va masala mohiyati mashina rangini o‘zgartirish kerakligi, raqam, qo‘shimcha to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 million so‘mga yaqin ssudaga borib taqalishini aniqladik. Va bularning hammasi mehnat faoliyatini amalga oshirishdan oldin, ya’ni hali hech qanday daromadga ega bo‘lmasdan turib qilinishi lozim bo‘lgan harajatlar ekan.
Agar rasmiylashtirish mexanizmini soddalashtirilsa, unda noqonuniy taksichilarning aksariyati, albatta, soyadan chiqadi", — deb aytgan deputat xalqaro press-klub yig‘ilishi davomida.