Narxlar nega turlicha?

© Sputnik / Ruxkan / Mediabankka o‘tishPlastik karta orqali to‘lov
Plastik karta orqali to‘lov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
To‘g‘ri, raqobat, xaridorni jalb qilish degan gaplar ham bor. Lekin naqd pul hamda plastik kartochka bilan hisob-kitoblarda farq bo‘lmasligi kerak emasmi? Masalan, bozorga kiraverishda, non rastalarining oxirida tovuq tuxumining donasini 500 so‘mdan istagancha olishingiz mumkin. Lekin do‘kon ichida plastik kartaga 600-650 so‘m...

TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Past Darg‘om tumani markazida milliy va xorijdan keltirilgan maishiy texnikalar savdosi bilan shug‘ullanadigan do‘konlar anchagina. Biroq ushbu do‘konlarda mahsulot narxlari turlicha, deb yozadi "Zarafshon" nashri.

Nashr narxlar o‘rtasidagi tafovutni o‘rgangan Otabek Ergashev quyidagilarni hikoya qilgan.

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari narxini bir meyorda ushlab turadigan jamg‘arma tuzildi
- 2000 quvvatli changutkichning narxi qancha?

Sotuvchi kalkulyatorni olib, hisob-kitob qilgach:

— Kreditga bir million so‘m, plastik kartochkaga 850 ming so‘m, naqd pulga olsangiz 750 ming so‘m, — deb javob bergan.

- Plastik kartamdan to‘layman, 750 ming so‘mga beraqoling?

— Aka, to‘g‘ri kelmaydi. Bizga foyda qolmaydi.

Sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi bunday suhbat sir bo‘lmay qoldi.

Mablag‘idan kelib chiqib, mahsulotni kreditga olgan qulayroq, albatta. Lekin bank komission to‘lovi hamda kredit foizlari va sotuvchi qo‘ygan ustama narxlar bilan qimmatroqqa tushadi.

"Past Darg‘om dehqon bozori"dagi do‘konlarda ham vaziyat shunday. Oziq-ovqat do‘koni eshigi yonida o‘tirgan yigitga bir litr o‘simlik yog‘idan berishini so‘radim va plastik kartamni uzatdim. U esa bu yerda terminal yo‘q, ichkarida bor, dedi. Bitta do‘konda tashqarida boshqa-yu ichkarida boshqa narx belgilangani ham plastik kartaga qimmatroq sotish maqsadida ekan, degan xulosaga keldim. Bunday holatga bozordagi oziq-ovqat do‘konlarining har ikkisida duch kelish mumkin.

E’tibor qaratsak, bozorda narx-navo turlicha.

Andijonda go‘sht 29 ming so‘mdan sotiladigan bo‘ldi
To‘g‘ri, raqobat, xaridorni jalb qilish degan gaplar ham bor. Lekin naqd pul hamda plastik kartochka bilan hisob-kitoblarda farq bo‘lmasligi kerak emasmi? Masalan, bozorga kiraverishda, non rastalarining oxirida tovuq tuxumining donasini 500 so‘mdan istagancha olishingiz mumkin. Lekin do‘kon ichida plastik kartaga 600-650 so‘m. Faqatgina tuxum emas, go‘sht, kartoshka kabi mahsulotlar xaridida ham shunday holat.

Bunday holatlarga chek qo‘yish vaqti kelmadimikan?

Yangiliklar lentasi
0