TOShKENT, 20-iyul — Sputnik. Inson huquqlarini himoya qiluvchi Human Rights Watch (HRW) tashkiloti avgust oyida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb ta’kidladi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov "O‘zbekiston — Yevropa Ittifoqi" hamkorlik kengashi yig‘ilishi yakuni bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida.
Vazir shuningdek, tashkilotning ijrochi direktori Kennet Rot bilan yaqindan muloqot qilib kelayotganini ta’kidlab o‘tgan.
"Shunga o‘xshash boshqa tashkilotlar ham kelishadi, ular bilan hamkorlik qilamiz, kun tartibidan yashiradigan yoki chiqarib tashlaydigan narsamiz yo‘q", — degan Kamilov.
Ammo vazir ularning kelishi O‘zbekiston "ular qo‘yadigan barcha talab va shartlarga rozi" degan ma’noni anglatmasligini qo‘shimcha qilgan.
Yevropa Ittifoqi bilan o‘zaro hamkorlik haqida gapirar ekan, Kamilov "ayrim o‘ta muhim masalalarda ikki tomonning qarashlari tobora mos tushayotganini" aytib o‘tgan. Gap O‘zbekistondagi demokratik o‘zgarishlar, inson huquqlari va umuman siyosiy islohotlar haqida bormoqda.
Tomonlar o‘rtasida kengqamroqli aloqalar yo‘lga qo‘yilgan, deb fikr bildirgan Kamilov.