TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Human Rights Watch va shu kabi turli xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlar O‘zbekistonga qaytishi mumkin, deb ma’lum qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xalqaro Press-klubdagi jonli muloqotida.
Vazirning aytishicha, Human Rights Watch kabi inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar va aynan Human Rights Watch ham O‘zbekistonda faoliyat olib borishni qayta tiklash bo‘yicha qiziqish bildirmoqda. Yaqinda mazkur tashkilot rahbari O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligiga murojaat qilib, O‘zbekistonda faoliyat olib borishga ruxsat berilishini so‘ragan.
Kamilovga ko‘ra, bu kabi xalqaro inson huquqlari tashkilotlari O‘zbekistonga qaytishlari mumkin. Bu borada hech qanday cheklovlar yo‘q.
"Ammo, mazkur tashkilotlar bir narsani to‘g‘ri tushunishlari kerakki, ular O‘zbekiston hukumati bilan amaliy, o‘zaro bir-birini hurmat qilib, O‘zbekiston ichki ishlariga aralashmaslik tamoyiliga amal qilgan holda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq bo‘ladi", — deb ta’kidladi Abdulaziz Kamilov.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.