TOShKENT, 9 dek — Sputnik. Xitoy xalqaro radiosining veb-sahifasida e’lon qilingan maqola Xitoy Ijtimoiy fanlar akademiyasining Rossiya, Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo instituti katta ilmiy xodimi Su Chan qalamiga mansub.
Maqolada O‘zbekistonda ushbu muhim siyosiy tadbir muvaffaqiyatli o‘tgani Markaziy Osiyoda barqarorlik va xavfsizlikning muhim kafolati hisoblanishi qayd etilgan, deb yozgan "Jahon" AA.
Xitoy xalqaro radiosi alohida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini tanlagan, "siyosiy tizim milliy manfaatlar hisobga olingan holda shakllangan, islohotlarning milliy modeli esa bozor iqtisodiyotiga asoslangan. Ko‘pgina yo‘nalishlarda yuqori natijalarni namoyon etayotgan farovon O‘zbekiston rivojlanishning yangi tarixiy bosqichiga kirmoqda".
Shuningdek, mazkur maqolada o‘zbek xalqi mustahkam, qat’iyatli va kuchli fe’l-atvorga ega ekanligi ham qayd etilgan.
Yuqoridagilar bilan birga, muallif Xitoy Xalq Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar masalasiga ham alohida e’tibor qaratgan. U ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalar o‘zaro ishonch va hurmat asosida tobora rivojlanib borayotganini e’tirof etar ekan, O‘zbekiston Xitoyning do‘sti va ishonchli sherigi bo‘lgan va shunday bo‘lib qolaverishini, amaldagi kelishuvlarga binoan, ikki tomonlama hamkorlik yanada mustahkamlanishiga komil ishonch bildirgan.