Namnews: "Ozodlik"ning xurmacha qiliqlari sabr kosamizni toshirib yubormoqda

© Sputnik / StringerO‘zbekiston ko‘chalari
O‘zbekiston ko‘chalari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ota go‘ri qozixonami, muhtaram "Ozodlik"chilar? Bozorchi xotin bir dumalab bosh shifokor, chevar ayol maktabga direktor bo‘lsa, aqlga sig‘adigan gapmi, bu?, - degan savol bilan yuzlanmoqda Namnews nashri

TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Namnews nashri ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalari kirdikorlarini fosh qiluvchi maqolani e’lon qildi.

"Keyingi vaqtlarda davlatimiz tomonidan sog‘liqni saqlash tizimiga berilayotgan alohida e’tibor tufayli ushbu soha jadal rivojlanib bormoqda. Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligi chekka-chekka hududlarda ham yuksalib borayotgani barchaga ayon haqiqat.

Ammo bugungi kunda tibbiyot tizimidagi bunday shiddatli islohotlarni ko‘rib turib ko‘rmaslikka, bilib turib bilmaslikka olayotgan yoki tan olishni istamayotgan, kimlarningdir aravasiga chiqib olib, "katta og‘a"larining qo‘shig‘ini kuylab, nog‘orasiga o‘ynayotgan ayrim xorijiy ommaviy axborot vositalarining xurmacha qiliqlari sabr kosasini toshirib yubormoqda.

Ha, yana o‘sha "Ozodlik" radiosi, yana o‘sha g‘arazgo‘ylik, yana o‘sha aljirashlar…",- deyiladi maqolada.

Aytilishicha, "Ozodlik"ning bu galgi nishoni — Chortoq tumani tibbiyot birlashmasi, aniqrog‘i, uning rahbari Muharram Qobulova bo‘lgan.

Buxorodagi Dilkusho dehqon bozori - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro hokimligi "Ozodlik"ning "Dilkusho" bozori haqida tarqatgan xabariga raddiya berdi
"Ozodlik"ning ismi-sharifi notayin "manba"sining xabar berishicha, bosh shifokorning tibbiyot sohasiga umuman aloqasi yo‘q, u bozorda sotuvchilik qilib yurgan savdogar emish.

Beixtiyor kulging qistaydi. Bozorchi xotin bir dumalab bosh shifokorga aylanib qolsa, tikuvchi ayol maktabga direktor bo‘lsa, dehqon ayol yana katta bir muassasaga rahbar bo‘lsa, aqlga sig‘adigan gapmi, bu?!

Ehtimol, London tomonlarda shunaqadir, lekin O‘zbekistonda olib borilayotgan kadrlar siyosati bunday bemazagarchilikka aslo yo‘l qo‘ymasligi bor gap.

Eng kulgilisi esa, "Ozodlik" o‘zining bu iddaosini o‘zi inkor etib, Chortoq tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokorining bir necha yillar mobaynida VKK komissiyasi raisi (ta’kid "Ozodlik"niki, aslida tuman vrachlar nazorat komissiyasining raisi) bo‘lib ishlagani, pora bilan qo‘lga tushib, bo‘shab ketganini "oshkor" qiladi. Qiziq, pora olgan odam jinoiy javobgarlikka tortilmasdan osongina ishdan bo‘shab ketaverishiga qonun yo‘l qo‘yib berar ekan-da? Kim, qayerda ko‘rgan, bunaqasini?

— "Ozodlik"da ta’kidlanganidek, tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori VKK komissiyasi raisi bo‘lib ishlaganida pora olib ishdan bo‘shab ketgani g‘irt yolg‘on, tuhmat va bo‘htondan boshqa narsa emas, — deydi hamshira Komila Turdiyeva. — Buni qat’iy ishonch bilan aytayotganimning sababi, men o‘sha vaqtlarda opa bilan birga ishlaganman. Bir rahbar ayolga asossiz tosh otish bilmadim, bu radio xodimlariga nima uchun kerak, bundan ko‘zlagan maqsadlari nima, ularning? Mayli, yolg‘onning umri qisqa, nima bo‘lgandayam "Ozodlik"chilarga insof va tavfiq bersin.

Radioning ushbu xabarida yana "Shifoxonada muhit juda yomon. Shunga juda ko‘p shifokorlarimiz boshqa joylarga ishga ketib qolyapti. Oldinroq yettita shifokor sanatoriyaga ishga o‘tib ketdi, yaqinda yana uchta shifokor ketdi. Bir necha oyda ja’mi o‘nta shifokor ketganini nima bilan izohlaysiz", degan ta’kidni uchratasiz.

— Men tuman tibbiyot birlashmasida 1999-yildan 2016-yilgacha ishladim, — deydi "Ozodlik" ta’kidlagan "juda yomon muhit"dan "qochib" ketib, hozir sanatoriyada ishlayotgan shifokor Zulxumor To‘xtaboyeva. — Mavridi kelib qolgandi, uyimga yaqin, o‘zimga qulay joydan ish chiqib qoldi, o‘z xohishim bilan o‘tib ketdim. Bosh shifokor boshqa joyda ishlashimga qattiq qarshi bo‘ldi, ruxsat bermasligini aytdi. Lekin qarorim qat’iyligini ko‘rgach, noiloj rozilik berdi.

Chortoq tumani tibbiyot birlashmasi kadrlar bo‘limi boshlig‘i Ma’rufxon Saidmamatovning bizga ma’lum qilishicha, o‘n nafar emas, uch nafar shifokor o‘z xohishi bilan bu yerdan bo‘shab, o‘ziga maqbul joylarda faoliyatini davom ettirayotgan ekan.

Ikki ming nafarga yaqin xodim mehnat qilayotgan jamoa uchun nainki o‘n, balki, yuz nafar shifokorning ishdan bo‘shab, ishga qabul qilinishi tabiiy jarayon emasmi? Shunga ota go‘ri qozixonami, endi muhtaram "Ozodlik"chilar?

Biz tuman tibbiyot birlashmasidagi juda ko‘plab shifokor va hamshiralar, turli vazifalarda ishlayotgan xodimlar bilan suhbatlashdik. Shavkat Ismonov, Salima Ismatullayeva, Umida Qirg‘izova, Komila Turdiyeva, Nargiza Qambarova, Jamila Egamberdiyeva (bu ro‘yxatimizni yana uzundan uzoq davom ettirishimiz mumkin) shular jumlasidan. Ularning barchasi "Ozordlik" radiosi tarqatgan axborotga noxolis, o‘rganilmagan, bir tomonlama, ig‘vo, g‘iybat deya baho berishdi.

Mariya Zaxarova - Sputnik O‘zbekiston
"Amerika ovozi" va "Ozodlik radiosi"ni kim pul bilan ta’minlashini Moskva biladi - Zaxarova
- Bular qanaqa jurnalist o‘zi?— dedi jumladan Jamila Egamberdiyeva. — Butun ommaga bir xabarni tarqatishdan oldin uning haqiqatga qanchalik mos ekanligini tekshirib ko‘rish ularning burchi va mas’uliyati emasmi? Mard bo‘lishsa, kelishsin, ko‘rishsin, keyin xulosa qilishsin, uzunquloq mish-mishlarga tayanavermasdan. Bir fuqaro, yana rahbar shaxsning sha’niga mag‘zava ag‘darishga haqqi yo‘q-ku, hech kimning. 27-yildan buyon shu maskanda ishlayman. Opa rahbar bo‘lib keldi-yu, ko‘pgina muammolarimiz barham topdi. Birinchi navbatda oziq-ovqat masalasini ijobiy hal qildi, ko‘rib turibsiz, binolarimizni mana shunday chiroyli holatga keltirib, ta’mirlatdi, xullas bemorlar uchun shart-sharoitlarni kun sayin yaxshilash niyatida yelib-yugurib, kuyib-pishib ishlamoqda. To‘g‘ri, rahbar sifatida qattiqqo‘l, xodimlaridan intizom, ish, mas’uliyat talab qiladi. Bu talabchanlik hammaga ham yoqavermaydi, albatta. Ammo bir-ikki kishiningfikri katta bir jamoa a’zolarining fikrini ifodalamasligi ma’lum haqiqat-ku?!

Xolis aytamiz, biz suhbatlashgan chortoqlik tibbiyotchilar orasida birgina hamshira bo‘lib ishlagan Nilufar Ubaydullayeva bosh shifokordan keskin norozi. Sababi, rahbari uni patronajxizmatigatayinlagan. Ammou astma kasaliborliginiaytib, buni rad etgan. Bosh shifokor esa, o‘z navbatida, bu kasallik patronaj xizmatida ishlashga monelik qilmasligini aytgan.

N. Ubaydullayeva bilan suhbatlashganimizda, u bosh shifokor Muharram Qobulovadan butun Chortoq ahli (!) norozi ekani, u ishdan bo‘shasa hamma xursand bo‘lishini bizga ma’lum qildi. Uning bu fikridan xulosa qilish har kimning o‘ziga havola. Biroq, shifoxonada davolanayotgan bemorlar, ularning yaqinlaribu yerdagi sharoitlar, tibbiyot xodimlarining munosabati-yu muomalasidan xursand va rozi ekanliklarini qayta-qayta e’tirof etishdi.

Tibbiyot birlashmasidan chiqib, ko‘cha aylandik. Odamlarning shifoxona haqidagi fikrlari bilan qiziqdik. Ittifoqo, tibbiyot fidoyisi, uzoq yillar Chortoq Tibbiyot kollejini boshqargan, Oliy Majlis Senati a’zosi ham bo‘lgan Muhabbat opa Boltaboyevani uchratib qoldik.

— Ilk faoliyatimni xuddi shu dargohda akusher-ginekolog bo‘lib boshlaganman, — dedilar opa bizning muddaomizni eshitgach. — U paytdagi shifoxona bilan hozirgisining farqi yeru osmoncha. Tibbiyot birlashmasining bugungi holatini ko‘rib, ko‘zingiz quvnaydi, dilingiz ravshan tortadi. Bu ishlarda tabiiyki, hozirgi bosh shifokorning hissasi katta. Shu ayolning mehnati singdi. Eng muhimi, xalq rozi, bu sa’y-harakatlardan. Shifokorlarni duo qilyapti, sidqidildan rahmat aytapti. Shuning o‘zi kifoya, boshqasi chikora…

80 yoshli mehnat faxriysi Turg‘unpo‘lat domla Usmonov esa, bu ayol rahbar bo‘lib kelgach, shifoxona faqat yaxshi tarafga o‘zgarganini, bundan hamma faqat rozi, faqat xursand ekaniga e’tibor qaratdilar. Bu kabi fikr-mulohazalarni biz suhbatlashgan chortoqlik hamurtlarimizning hammalari bayon etishdi.

Endi insof bilan ayting, kim haq, kim nohaq? Oldi-qochdi, fakt va dalillarga asoslanmagan xabarlari bilan shundoq ham kun sayin odamlarning hafsalasini pir qilayotgan, cho‘kib borayotgan "Ozodlik" xasga yopishmayaptimi, bu taxlit xatti-harakatlari bilan? Bizningcha, shunday. Bu achchiq haqiqatni xorijdagi hamkasblarimizning o‘zlari ham anglab, his etib turishibdi. Ammo…

Shuhrat DEHQONOV, Doniyor YuSUFJONOV, jurnalistlar.

Yangiliklar lentasi
0