Dori-darmonlarni yanada arzonlashtirish bo‘yicha yangi qaror qabul qilindi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMedikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte
Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2017 yil 1-avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish faqatgina “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyul kuni «Aholini dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi. Qaror matni Jahon axborot agentligi tomonidan keltirilgan.

Shayhontohur tumanidagi №47 oilaviy poliklinika - Sputnik O‘zbekiston
Prezident tanqididan so‘ng: O‘zbekistonda namunaviy poliklinika tashkil qilindi

Fuqarolarni arzon narxlarda zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati samarali amalga oshirilishining muhim sharti hisoblanadi.

Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida aholini arzon dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash, shuningdek ularning narxlarini sun’iy oshirib yuborish holatlarining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan ulgurji savdo uchun — sotib olingan qiymatning 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda, chakana savdoda esa — ulgurji narxning 20 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda cheklangan savdo ustamalari belgilandi.

Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish maqsadida tuzilmaviy o‘zgarishlar amalga oshirildi, mahalliylashtirilayotgan mahsulotlarni kengaytirish va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun mahalliy dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilarga soliq va bojxona imtiyozlari berildi.

Shu bilan birga, aholini zarur dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ahvoliga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi bir qator jiddiy xato va kamchiliklar kuzatilmoqda:

— amaldagi ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini import qilishdagi ortiqcha tartib-taomillar ularni yetkazib berish muddatlarining sun’iy kechiktirilishi va ichki bozordagi taqchilligi yuzaga kelishiga olib kelmoqda;
dori vositalari va tibbiyot buyumlariga bo‘lgan ehtiyojni belgilash bo‘yicha aniq mexanizmlarning mavjud emasligi import va mahalliy ishlab chiqarish muvozanatini ta’minlash hamda mahalliy korxonalar tomonidan farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni prognoz qilish imkonini bermayapti;

Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev 6 oy ichida uchinchi marta tibbiyot sohasida videoselektor o‘tkazdi
— import qilinayotgan va respublikada ishlab chiqarilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlariga cheklangan narxlarni belgilash tartibining mukammal emasligi kuzatilmoqda;

— farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishning yetarli darajada mahalliylashtirilmaganligi mahalliy farmatsevtika korxonalarining import xomashosi va materiallariga yuqori darajada qaramligini yuzaga keltirmoqda, oqibatda dori vositalari va tibbiyot buyumlarining narxlari keskin oshmoqda;

— dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish uchun litsenziya berish bo‘yicha hududiy komissiyalarining faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan, bu litsenziya talab va shartlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

Aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning taqchilligi vujudga kelishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilmoqda.

Qarorga muvofiq 2017-yil 1-avgustdan boshlab ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chetdan xarid qilish faqatgina "O‘zmedeksport" respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu korxonaga ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlarini joriy yilning ikkinchi yarmida qo‘shimcha ehtiyojdan kelib chiqib yetkazib berilishini ta’minlash topshirildi.

Bundan tashqari, tibbiyot mahsulotlarini sertifikatlash sifatini yanada oshirish maqsadida ushbu faoliyatning faqatgina davlat sertifikatlashtirish organlari tomonidan amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

Dorixonalar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha yangidan joriy etilgan talablarga asosan ularning dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish bo‘yicha amaldagi litsenziyalari 2018-yil 1-yanvarga qadar qayta rasmiylashtirilishi shartligi belgilandi. Bunda qayta rasmiylashtirish yangi litsenziyalovchi organ — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.

Ushbu maqsadlarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, viloyatlar sog‘liqni saqlash boshqarmalari va Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi tuzilmasida dori vositalari va tibbiyot buyumlarini chakana sotish sohasida litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish sho‘’balari tashkil etilmoqda.

Shuni alohida qayd etish kerakki, aholini ijtimoiy ahamiyatga ega dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash darajasini oshirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligining ijtimoiy dorixona tarmoqlari tashkil etilib, aholiga dori vositalari va tibbiyot buyumlarini belgilangan narxlarda sotish ularning asosiy vazifasi etib belgilandi.

Umuman olganda, qabul qilingan qaror fuqarolarning ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish, aholini arzon narxlarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish imkonini beradi.

 

Yangiliklar lentasi
0