Prezident tanqididan so‘ng: O‘zbekistonda namunaviy poliklinika tashkil qilindi

© Ministerstvo zdravooxraneniya UzbekistanaShayhontohur tumanidagi №47 oilaviy poliklinika
Shayhontohur tumanidagi №47 oilaviy poliklinika - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahrida tashkil qilingan namunaviy oilaviy poliklinika misolida O‘zbekistonda kelajakda tashkil qilinadigan poliklinikalar faoliyatiga baho berishingiz mumkin

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda namunaviy poliklinika tashkil qilindi, deb xabar qildi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot-xizmati.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 6-iyul kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash tizimiga bag‘ishlab uchinchi bor videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan va unda birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini, ayniqsa, patronaj ishlarini talab darajasida tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berilgan edi.

Mirziyoyev topshirig‘idan so‘ng, qisqa vaqt ichida poliklinika faoliyati qayta ko‘rib chiqilib, tubdan isloh qilindi.

Ayni damda Shayxontohur tumanidagi 47-oilaviy poliklinikaga tashrif buyuruvchi e’tibori avvalo kirishda osilgan o‘ziga xos ranglardagi ma’lumotlar taxtasiga tushishi tayin. Aynan ushbu ma’lumotlar orqali qaysi ixtisoslikdagi shifokor nechanchi xonada qabul qilishi, ish vaqti va qabul kunlari bilan tanishish mumkin. Shuningdek, har bir xonadonga quyidagi ma’lumotlarni o‘zida jamlagan tashrif qog‘ozlari tarqatildi:

aholi o‘z fikr va takliflarini bildirishi uchun oilaviy poliklinika bosh shifokorining telefon raqamlari;

bemorlarni oldindan shifokor qabuliga yozilishlarini qayd etish telefon raqami;

aholi bilan hudud shifokori va oila hamshiralari bilan uzviylikni yanada yaxshilash maqsadida ularning telefon raqamlari;

103 tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanishda aholiga qulayliklar yaratish maqsadida ularning telefon raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan.

E’tiborli tomoni, tashrif qog‘ozida shifokor va hamshiralar surati ham bo‘lib, bu fuqarolar uchun yana bir qulaylik bo‘ldi. Tan olish kerak, ilgari ba’zi hamurtlarimiz o‘z oilaviy shifokori yoki hamshirasini tanimasdi. Endilikda, mutaxassislarning telefon raqamlari suratlari bilan birga tarqatilib, aholi va tibbiyot xodimi orasidagi aloqa mustahkamlanmoqda.

Shifokor - Sputnik O‘zbekiston
Eng yaxshi tibbiyot xodimlari rag‘batlantiriladi
Poliklinikaga, odatda, rejali tarzda va shoshilinch holatlarda murojaat qilinadi. Poytaxtdagi 47-oilaviy poliklinikada har ikki holatda ham bemorga o‘z vaqtida va sifatli yordam ko‘rsatish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Agar bemor rejali tarzda tibbiy ko‘rikdan o‘tmoqchi bo‘lsa, shifokor qabuliga oldindan yozilishi mumkin. Buni ikki xil usulda amalga oshirish mumkin: telefon orqali va uydan chiqmagan holda, elektron tarzda.

Yana bir qulaylik, bemor shifokor qabuliga oldindan navbat olmay kelgan bo‘lsa, poliklinikaning o‘zida elektron tarzda navbatda turadi. Buning uchun har bir tashrif buyuruvchi maxsus o‘rnatilgan qurilma orqali o‘z tartib raqamini olib, monitorda navbati qachon kelishini kuzatib borishi mumkin. Kutish vaqtini foydali tashkil qilish ham e’tibordan chetda qolmadi. Ya’ni poliklinika hududida wifi zona tashkil etilgan bo‘lib, navbatini kutayotgan fuqaro bepul internet orqali salomatlikka doir foydali ma’lumotlar bilan tanishib boradi.

Vrach - Sputnik O‘zbekiston
Tibbiyot sohasi ustidan portalga qancha xat kelib tushgani aytildi
Shoshilinch holatlarda esa, murojaat tushgan xonadonga zudlik bilan yetib borish uchun poliklinika qoshida tez tibbiy yordam podstansiyasi va unga biriktirilgan maxsus avtomoshina xizmati yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu podstansiyaning poliklinika qoshida tashkil etilishi bejiz emas. Bundan ko‘zlangan maqsad – tez tibbiy yordam chaqirilganda masofa bilan bog‘liq muammolarning oldini olish hamda brigada xonadonga yetib borguncha bemorning ambulator kartasi bilan tanishib borishdir. Bu esa bemor avval o‘tkazgan kasalliklari, olgan muolajalari va salomatligiga doir boshqa zarur ma’lumotlarni avvaldan bilish imkoniyatini paydo qiladi. Shuningdek, tez yordam brigadasi ko‘rikdan so‘ng, bemor salomatligi haqida umumiy amaliyot shifokorini ogohlantiradi va rejali patronaj o‘tkazib boriladi.

Shuningdek, endi poliklinikada elektron ambulator karta yuritila boshlandi. Har bir ma’lumot onlayn tarzda kiritiladi. Bu esa, inson omili bilan bog‘liq ayrim hodisalar, masalan, ambulator kartaning yo‘qolishi, ba’zi sahifalarining tushib qolishi kabilarning oldini oladi.

Yana bir e’tiborli jihat dori-darmon vositalar ta’minoti bilan bog‘liq. Yaqindan poliklinika ichida cheklangan narxlarda savdo qiluvchi dorixona va fitobar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, shifo muassasasini dori-darmon vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlashga ajratilayotgan mablag‘lar ham o‘tgan yilga nisbatan uch baravarga oshirildi.

Yangiliklar lentasi
0