O‘zbekistonda aholini ijtimoiy muhofaza qilish xayriya jamoat fondi tashkil etiladi

© Potrebitel.UzLyudi stoyat u zdaniya maxalli v 50-gradusnuyu jaru, chtobi poluchit pensiyu
Lyudi stoyat u zdaniya maxalli v 50-gradusnuyu jaru, chtobi poluchit pensiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fondning asosiy mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy fuqarolar va tashkilotlarning xayriya yordami hamda konun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda "Ezgu maqsad" xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etiladi. O‘zbekiston prezidentining bu haqdagi qarori prezidentning rasmiy veb-saytida e’lon qilindi.

Aholining himoyaga muhtoj qatlamlari salomatligini muhofaza qilish, ularga tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishni ta’minlash, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar, "Mehribonlik", "Muruvvat", "Saxovat" uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yo‘naltirilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash Fondning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.

Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Prezident devonida fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xizmat tashkil etildi

Fondning asosiy mablag‘lari jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan, xorijiy fuqarolar va tashkilotlarning xayriya yordami hamda konun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.

Fond O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xalqaro tashkilotlarning xayriya mablag‘larini jalb etish va jamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi hamda ulardan Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish uchun maqsadli foydalanadi.

Fondga istisno tariqasida O‘zbekiston Respublikasi hududida Fond xayriya dasturlari doirasida hisob-kitoblar va to‘lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirish, Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy fuqarolar — mutaxassislarni mehmonxona va boshqa joylarda joylashtirish xizmatlari uchun to‘lovlarni milliy valyutada to‘lashga ruxsat etildi.

Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston
Internat uylarida yashaydiganlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

Fond soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalardan (Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno) va Fond tomonidan chetdan keltiriladigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno) ozod qilindi.

Respublikadagi qator vazirlik va idora hamda tashkilotlarga Fond xayriya dasturlari amalga oshirilishini ta’minlashda Fond bilan faol hamkorlik kilish tavsiya etildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston Davlat budjetining qariyb 60 foizi ijtimoiy sohaga yo‘naltirilmokda.Davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan davrda aholi salomatligi sezilarli darajada mustahkamlandi, onalar o‘limi — 3,2, bolalar o‘limi — 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 74 yoshgacha, ayollar o‘rtasida esa 76 yoshgacha uzaydi.

Yangiliklar lentasi
0