Internat uylarida yashaydiganlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil etildi

© Sputnik / Maksim BogodvidPustaya invalidnaya kolyaska
Pustaya invalidnaya kolyaska - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu orqali internat uylarida yashaydigan nogironlar va keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yanada kuchaytiriladi

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari "Muruvvat" va "Saxovat" internat uylari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilindi.

Bu orqali internat uylarida yashaydigan nogironlar va keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash yanada kuchaytiriladi.

Jamg‘arma mablag‘lari xayriya ehsonlari, texnik ko‘maklashish mablag‘lari (grantlar) va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga shakllantiriladi.

Jamg‘arma mablag‘laridan "Muruvvat" va "Saxovat" internat uylarini, ijtimoiy, tibbiy va madaniy-maishiy xizmat ko‘rsatish tizimini rivojlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yashash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, har xil madaniy tadbirlar, tanlovlar, sport musobaqalari, seminarlar tashkil etish va o‘tkazish hamda nogironlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.

Yangiliklar lentasi
0