Prezident devonida fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xizmat tashkil etildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoPapka s dokumentami
Papka s dokumentami - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xizmat davlat idoralari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha holatni chuqur tahlil qiladi, ular faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi

TOShKENT, 6-may — Sputnik. O‘zbekistonda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan samarali ishlash tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydigan yangi xizmat tashkil etildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining fuqarolar huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Narodnaya priyemnaya - Sputnik O‘zbekiston
Tadqiqot: 84 foizdan ortiq o‘zbekistonliklar Xalq qabulxonalarini ma’qullaydi

Farmonga muvofiq, Prezident devonining Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati Prezident devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmatiga aylantirildi.

Yangi xizmat jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan samarali ishlash tizimining faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Bunda ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari to‘laqonli himoyalanadi.

Xizmat davlat idoralari va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan fuqarolar huquq va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha holatni chuqur tahlil qiladi, ular faoliyatidagi muammo va kamchiliklarni aniqlaydi.

Yangi tuzilma murojaatlarni ko‘rib chiqishda fuqarolar huquq va erkinliklarining tizimli buzilishlari sabablari va sharoitlarini bartaraf etishga qaratilgan amaldagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar beradi.

Hujjatlar - Sputnik O‘zbekiston
Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha Davlat maslahatchisining birinchi o‘rinbosari tayinlandi

Prezident devonining fuqarolar huquqlarini himoya qilish, jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati Xalq qabulxonalari va Virtual qabulxona faoliyati bilan muvofiqlashtiriladi va ular bilan birgalikda ishlaydi.

Xizmat ushbu sohadagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va ular haqida ogohlantirish, aybdor shaxslarga nisbatan jazo muqarrarligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi.

Murojaatga sabab bo‘lgan tizimli buzilishlar sabab va sharoitlarini aniqlash bo‘yicha muntazam tahlil o‘tkazadi.

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha faoliyati haqida O‘zbekiston prezidentiga muntazam ravishda ma’lumot taqdim etadi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0