O‘zbekistonda migratsiya jarayonlari axborotlashtirilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishQurilishdagi migrantlar, Rossiya
Qurilishdagi migrantlar, Rossiya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishning muhim yo‘nalishidir

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Ayni paytda butun dunyoda migratsiya jarayonlari va qidiruv faoliyatini nazorat qilishda elektron axborot tizimlari va ma’lumotlar bazasidan keng foydalanilmoqda. O‘zbekistonda ham shunday tizimlar faol joriy etilyapti, deb xabar qildi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot-xizmati.

Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda chet elga chiqish pasporti joriy qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 11-iyuldagi migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq yangi elektron tizim ishlab chiqilmoqda.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi tizimida elektron axborot tizimlari boshqarmasi tashkil etiladi.

Davlat xizmatlari, jumladan, biometrik hujjatlar berish, xorijga chiqish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish va rasmiylashtirish, doimiy va vaqtincha propiskaga qo‘yish, yashash joyi bo‘yicha hisobga olish, shuningdek, O‘zbekistonga kirish va chiqish, fuqarolikka qabul qilish, fuqarolikdan chiqish va fuqarolikni yo‘qotish sohasida integratsiyalashtirilgan ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish boshqarmaning asosiy vazifalaridandir.

Vizit vitse-prezidenta Mejdunarodnoy organizatsii ugolovnoy politsii-Interpol v MVD Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Interpol bilan hamkorlikni kuchaytiradi
Migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish masalasida idoralararo elektron hamkorlik, huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatlarni aniqlash va fosh qilish, qidiruv ishlarini olib borishda ko‘maklashish ham boshqarma faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Boshqarma xodimlari zimmasiga axborot tizimlari uzluksiz ishlashi uchun ularning xavfsizligini ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘yicha tuman va shahar bo‘limlari fuqarolarni pasport tizimi masalasi bo‘yicha qabul qilishni elektron tartibga solish uchun zarur uskuna va dasturiy ta’minot bilan bosqichma-bosqich jihozlanadi.

"Zero, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi migratsiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan takomillashtirishning muhim yo‘nalishidir", — deb ta’kidlangan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0