O‘zbekiston Interpol bilan hamkorlikni kuchaytiradi

© MVD Respubliki UzbekistanVizit vitse-prezidenta Mejdunarodnoy organizatsii ugolovnoy politsii-Interpol v MVD Respubliki Uzbekistan
Vizit vitse-prezidenta Mejdunarodnoy organizatsii ugolovnoy politsii-Interpol v MVD Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Interpolning Milliy markaziy burosi o‘z funksiyasini faqat umumjinoiy jinoyatchilikka qarshi kurash masalalari bo‘yicha amalga oshiradi hamda siyosiy, harbiy, diniy yoki irqiy tusdagi faoliyatga daxl qilmaydi

TOShKENT, 16-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Interpol bilan hamkorlikni faollashtiradi, deb xabar qildi RIA Novosti mamlakat hukumati qaroriga tayangan holda.

Interpol qidiruvida bo‘lgan o‘zbekistonlik hibsga olindi
Vazirlar Mahkamasining 2-iyundagi qaroriga ko‘ra, Xalqaro jinoyat politsiyasi (Interpol) bilan hamkorlik sohasidagi muhim vazifalarga quyidagilar kiritildi:

respublika huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatining Interpol axborot manbalaridan foydalanish masalalari bo‘yicha koordinatsiyasi;

huquqni muhofaza qilish organlari faoliyatini axborot-tahliliy ta’minlash;

jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida ilg‘or xalqaro tajribani o‘rganish va uni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xalqaro terrorchilik, odam savdosi, noqonuniy muhojirlik, axborot texnologiyalari va xalqaro, shuningdek, shaxsni aniqlash xususiyatiga ega boshqa turdagi jinoyatlarni aniqlash, oldini olish va fosh etish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlarining Interpolga a’zo mamlakatlarning tegishli organlari bilan hamkorligini ta’minlash;

INTERPOL logotipi - Sputnik O‘zbekiston
Interpol qidirayotgan o‘zbekistonlik o‘ta xavfli retsidivist Peterburgda qo‘lga olindi
shaxslarni, transport vositalarini, san’at asarlarini va boshqa buyumlarni xalqaro qidiruvga berish, shaxsi noma’lum murdalar shaxsini aniqlash, shuningdek, O‘zbekistonda ushbu tadbirlarni Interpolga a’zo mamlakatlar so‘rovi bilan tashkil qilish masalalari bo‘yicha Interpol bosh kotibiyati oldida vositachilik qilish.

Ushbu vazifalardan kelib chiqib, Interpol Milliy markaziy burosining asosiy funksiyalariga tuzatishlar kiritildi.

Bundan tashqari, nizom Interpol Milliy markaziy burosi faoliyatini moliyalashtirish haqidagi bob bilan to‘ldirildi. Uni moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash davlat budjeti va boshqa taqiqlanmagan manbalar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0