O‘zbekistonda chet elga chiqish pasporti joriy qilinadi

© Sputnik / Aleksey TixomirovUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik qo‘mitasiga bir oy ichida chet elga chiqish pasporti joriy etish uchun aniq takliflar ishlab chiqish topshirildi.

TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. O‘zbekiston fuqarolarida kelasi yildan boshlab chet elga chiqish uchun alohida pasportlar paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqida O‘zbekiston prezidentining bugun e’lon qilingan 3126-sonli Prezident qarorida aytib o‘tilgan.

"Bir oy ichida chet elga chiqish pasporti joriy qilish bo‘yicha aniq takliflar kiritilsin. Takliflarda ushbu jarayonning aniq bosqichlari, texnik sharoitlari, moliyaviy xarajatlari ko‘rsatilsin", — deyilgan hujjatda. (rus tilidan tarj.)

Takliflar Davlat personallashtirish markazi, Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi,  Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalarini rivojlantirish vazirligi, Milliy xavfsizlik qo‘mitasi va "Davlat belgisi" tashkiloti tomonidan  bir oy ichida ishlab chiqilishi kerak.

Moliya vazirligi prezident qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun kerakli mablag‘ ajratilishini ta’minlashi kerak.

Yangiliklar lentasi
0