Britaniya muzeyi O‘zbekistondan o‘g‘irlab ketilgan tarixiy yodgorlikni qaytaradi

Obuna bo‘lish
Uzunligi yarim metrdan ortiq bo‘lgan, arab yozuvi tushirilgan parcha 2014-yilda g‘oyib bo‘lgan va shu paytga qadar izsiz yo‘qolgan deb hisoblanardi, ammo yaqinda u Londondagi Mayfair galereyasida sotuvga qo‘yilgan

TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. Britaniya muzeyi Buxoro shahrida joylashgan Chashmai Ayub maqbarasining o‘g‘irlab ketilgan old qismi parchasini O‘zbekistonga qaytarishga yordam berdi, deb yozmoqda The Guardian.

Uzunligi yarim metrdan ortiq bo‘lgan, arab yozuvi tushirilgan parcha 2014-yilda g‘oyib bo‘lgan.

U shu paytga qadar izsiz yo‘qolgan deb hisoblanardi, ammo yaqinda u Londondagi Mayfair galereyasida sotuvga qo‘yilgan. Yaqinda O‘zbekistonda bo‘lgan Oksford olimi yo‘qolgan plita tasvirini Saymon Rey galereyasi katalogida ko‘rib qolgan.

Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro brendini dunyoga targ‘ib qilish ishlari boshlandi

Uni sotib olgan Rey shu zahoti Britaniya muzeyi bilan bog‘langan. Reyning aytishicha, unga bu parcha Germaniyadagi kolleksiyalardan birida saqlanganini aytishgan.

Muzeyning katta kuratori Sent-Jon Simpson tarixiy yodgorlikning o‘g‘irlanishini dahshatli deb atadi va buni Vestminster abbatligidagi yodgorlik doskasining o‘g‘irlanishi bilan qiyosladi.

"Bu Markaziy Osiyodagi eng qadimiy, yirik va go‘zal tarixiy yodgorlikka tegishli parcha", — dedi muzey vakili.

Ushbu haftada yodgorlik O‘zbekistonning Londondagi elchixonasiga rasmiy ravishda taqdim etiladi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov nodir yodgorlik qaytarilayotganligi munosabati bilan o‘zining chuqur minnatdorligini bildirdi, deb yozadi The Guardian.

Buxoro viloyat madaniy yodgorliklarni asrash inspeksiyasi boshlig‘i Akbar Muhammedov Sputnik muxbiri bilan suhbatda viloyat hokimligi tomonidan ushbu qadamjoni obodonlashtirish bo‘yicha alohida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilganligini bildirdi.

Osnovatel USM Holdings Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Alisher Usmonov Buxoro turistik zonasiga sarmoya kiritadi

Uning so‘zlariga ko‘ra, ayni paytda mazkur tarixiy yodgorlikka olib boruvchi yo‘llar tartibga keltirilmoqda, qadamjo hududidagi quduq tiklandi.

Buxorodagi Chashmai Ayub maqbarasi tarixiy manbalarga ko‘ra Amir Temur farmoyishiga binoan barpo etilgan. Bu haqda ziyoratxona devorida Amir Temur farmoyishiga binoan 1379-yilda unga taqab kulohiy gumbazli katta xona, burchaklarida minoralari bo‘lgan dahliz qurilganligi yozilgan.

Muqaddas ziyoratgoh binosi to‘g‘ri to‘rtburchak tarhli bo‘lib, g‘arbdan sharqqa cho‘zilgan 4 xonadan iborat, har bir xona bir-biriga o‘xshamagan gumbazlar bilan qoplangan. Binoning qadimiy qismi ichkarida qolgan. Rivoyatlarda Ayyub alayhissalom bu suvsiz joydan o‘taturib hassasi bilan yerga urgan va chashma hosil bo‘lgan, deyiladi.

Yangiliklar lentasi
0