Buxoro brendini dunyoga targ‘ib qilish ishlari boshlandi

© Sputnik / Medvedev / Mediabankka o‘tishBuxoro
Buxoro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoro brendini targ‘ib qilish maqsadida "Welcome to Bukhara" nomli turizm reklama roligini tasvirga olish boshlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi

TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining "2017-2019 yillarda Buxoro shahri va Buxoro viloyati sayyohlik salohiyatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarori ijrosini ta’minlash hamda keng qamrovli reklama kampaniyasini o‘tkazish va Buxoro brendini targ‘ib qilish maqsadida "Welcome to Bukhara" nomli turizm reklama roligini tasvirga olish boshlandi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.

Vand kompaniyasi menedjeri - Irina Medvedeva - Sputnik O‘zbekiston
Turizm eksperti: O‘zbekistonda tomosha qiladigan narsa ko‘p
Ushbu ishni amalga oshirish maqsadida 22 kishidan iborat o‘z ishining ustalari ijodiy guruhi Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi. "Welcome to Bukhara" nomli reklama roligini tasvirga olish ishlarida Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birga Buxoro viloyat hokimligi, "Hunarmand" uyushmasi Buxoro viloyat boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ijodiy guruhga tashkiliy ishlarda ko‘maklashmoqda.

© uzbektourism.uzBuxoro haqida yangi reklama roligi suratga olinmoqda
Syemki rolika o Buxare  - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro haqida yangi reklama roligi suratga olinmoqda

Tasvirga olish ishlarida madaniy va tarixiy obyektlar, shuningdek milliy hunarmandchilik, urf-odatlar, milliy oshxonani to‘laqonli va ijobiy talqinda tasvirlash uchun karvon buyumlari, jumladan mis idishlar, qadimiy sandiq va katta hajmdagi ko‘zalar, so‘zana va gilamlar, beshik, tuyalar, otlar, kabutarlar, tandir, noz-ne’matlardan (non, qovun-tarvuz, quritilgan mevalar, ho‘l mevalar) foydalanilmoqda.

Hozirda "Welcome to Bukhara" nomli imidjli reklama roligining tashkiliy ishlari yakunlandi va 18-iyundan tasvirga olish ishlari boshlab yuborildi.

© uzbektourism.uzBuxoro haqida yangi reklama roligi suratga olinmoqda
Syemki rolika o Buxare  - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro haqida yangi reklama roligi suratga olinmoqda

Eslatib o‘tamiz, ilgariroq rasmiy Toshkent va Bishkek o‘rtasida o‘tkazilgan turizm sohasini chuqurlashtirishga qaratilgan uchrashuvda Qirg‘iziston tomon O‘zbekistonning sayyohlik salohiyati haqidagi videoroliklarni Qirg‘izistonda translyatsiya qilishga tayyorligini bildirgan edi.

© uzbektourism.uzBuxoro haqida yangi reklama roligi suratga olinmoqda
Syemki rolika o Buxare - Sputnik O‘zbekiston
Buxoro haqida yangi reklama roligi suratga olinmoqda

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0