YeII hududiga olib kirish taqiqlangan karantin mahsulotlar haqida ma’lumot

© Sputnik/Viktor TolochkoZona tamojennogo kontrolya, aeroport Minsk
Zona tamojennogo kontrolya, aeroport Minsk - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari - Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston davlatiga olib kirish taqiqlangan karantin mahsulotlar belgilangan tartibda olib qo‘yilib, yo‘q qilinadi

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. O‘zbekiston havo yo‘llari milliy aviakompaniyasining matbuot xizmati yo‘lovchilarni Belarus va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Qirg‘iziston, Armaniston) hududiga yo‘lovchilar qo‘l yuki ichida fitosanitariya sertifikatisiz olib kirish taqiqlangan mahsulotlar to‘g‘risida bayonot berdi.

Passajiri u stoyki registratsii biletov v mejdunarodnom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Rossiyaga 136 kg kiyim olib kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatib qolindi

Xabarda aytilishicha, qo‘l yuki va bagaj ichida fitosanitariya sertifikatisiz ayrim karantin mahsulotlarni Belarus Respublikasi va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududiga olib kirish taqiqlanadi.

Olib kirish taqiqlangan karantin osti mahsulotlar quyidagilar:

— madaniy va yovvoiy o‘simliklar urug‘lari;
— kartoshka va uning urug‘lari;
— ekiladigash mevalar, dekorativ, daraxt va butalar, gul va boshqa o‘simliklar, tuvak o‘simliklar, mevali buta,
— o‘simliklar va ularning qismlari (qalamchalar, ildizlar, ildizpoyalar, piyozboshi);

Avtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda ba’zi yuk avtomobillar import bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi
— tirik hasharotlar, shuningdek omburlar, nematodlar, va boshqa zararli organizmlar;
— tirik qo‘ziqorinlar, bakteriyalar, o‘simliklar kasaligini qo‘zg‘atuvchi viruslar;
— hasharotlar to‘plami, turli o‘simliklar gerbariylari va urug‘lari;
— uchtadan ortiq kesilgan gullar guldastasi;
— umumiy og‘irligi 5 kg ortiq bo‘lmagan fitosanitariya xavfi yuqori bo‘lgan o‘simliklar mahsulotlari (mevalar, sabzavotlar, yong‘oqlar, quruq mevalar, un, yormalar va boshqalar).

Ushbu taqiqlangan barcha mahsulotlar YeII hududiga olib kirilgan taqdirda belgilangan tartibda olib qo‘yilib, yo‘q qilinadi.

O‘zbekiston havo yo‘llari milliy kompaniyasi yo‘lovchilardan ushbu qoidalarga qat’iy amal qilishlari so‘ralgan.

Yangiliklar lentasi
0