O‘zbekistonda ba’zi yuk avtomobillar import bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi

© Sputnik / S. Solovyev / Mediabankka o‘tishAvtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda
Avtomobili KamAZ na territorii Kamskogo avtomobilnogo zavoda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qaror loyihasi normativ huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida joylashtirilgan

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. "O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirishda  import bojxona boji va qo‘shimcha qiymat solig‘idan ozod etiluvchi texnologik asbob-uskunalar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qaror loyihasi normativ huquqiy hujjatlarni muhokamasi portalida umumiy muhokamaga qo‘yilgan.

Patrul-post xizmati to‘lov asosida xizmat ko‘rsatishga o‘tishi mumkin

Ushbu qaror loyihasi O‘zbekiston prezidentining 2007-yil 14-martdagi ishlab chiqarishni texnologik qayta qurish sohasida qabul qilingan qaroriga asosan Tashqi savdo vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Hujjat loyihasiga muvofiq, import bojxona boji va qo‘shimcha qiymat solig‘idan quyidagi transport turlarini ozod etish taklif qilinmoqda:

— yuklarni olib o‘tishga mo‘ljallangan motorli transport vositalari.

— maxsus ishlarga mo‘ljallangan motorli transport vositalari (masalan, yuk avariya avtomobillar, avtokranlar, yong‘in transport vositalari, avtobetonqorgichlar, yo‘llarni tozalash avtomobillari va boshqalar).

Ushbu transport vositalari Yevro 3 va undan ortiq standartga to‘g‘ri kelishi lozim.

Qaror loyihasi Tashqi savdo, Iqtisodiyot, Moliya vazirliklari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi rahbari tomonidan imzolanadi.

Yangi hujjat 2017-yil 1-avgustga qadar muhokama qilinib, 2017-yil 7-avgustdan kuchga kiritilishi rejalashtirilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0