Rossiyaga 136 kg kiyim olib kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatib qolindi

© Sputnik / Sergey Pivovarov / Mediabankka o‘tishPassajiri u stoyki registratsii biletov v mejdunarodnom aeroportu
Passajiri u stoyki registratsii biletov v mejdunarodnom aeroportu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston fuqarosi qo‘l yuklari bilan "yashil yo‘lak"dan foydalangan holda bojxona nazoratidan o‘tishga harakat qilgan

TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. 2017-yil 2-iyul kuni "Toshkent-Mineralnie Vodi" reys bilan uchib kelgan yo‘lovchilarning qo‘l yuklari bojxona nazoratidan o‘tkazilganda katta miqdorda bo‘lgan tovarlarni olib o‘tish holati aniqlandi. Shimoliy-Kavkaz bojxona boshqarmasi matbuot xizmati xabariga asosan.

Bojxona nazorati zonasi - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bojxonachilari 10 mingga yaqin adabiyot va video mahsulotlarni ushlashdi

Xabarda aytilishicha, aeroportdagi bojxona xizmati xodimlari deklaratsiyada yozilmagan 136 kilodan ortiq yangi kiyim-kechaklarni olib kirishga uringan O‘zbekiston fuqarosi to‘xtatib qolindi.

Bojxona qoidalariga ko‘ra, yo‘lovchilar bagaj va qo‘l yuklarida yozma ravishda deklaratsiya qilishini shart bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lmagan hollarda "yashil yo‘lak"dan o‘tish mumkin.

Lekin O‘zbekiston fuqarosi qo‘l yuklari bilan "yashil yo‘lak"dan foydalangan holda bojxona nazoratidan o‘tmoqchi bo‘lgan. Bojxonachilar yo‘lovchining qo‘l yuklarida katta partiyada tovarlar borligi shubha qilishgan. Rengen uskunasi yordamida tekshirilganda, qo‘l yukida bir xil turdagi tijorat tovarlari borligi ma’lum bo‘lgan.

59 yoshli O‘zbekiston fuqarosining qo‘l yuklari bojxona ko‘rigidan o‘tkazish natijasida 136 kgdan ortiq yangi kiyim-kechaklar (114 ta sochiqlar, 301 dona erkak futbolkasi) aniqlandi.

Yo‘lovchining so‘zlariga ko‘ra, ushbu yuklar ko‘rgazmada namoyish qilish uchun olib kelayotganligi va tovarlarni bojxona deklaratsiyasida qayd etish kerakligini bilmagan.

© FTS RFKatta partiyadagi tovarlarni noqonuniy olib kirishni oldini olish
Katta partiyadagi tovarlarni noqonuniy olib kirishni oldini olish - Sputnik O‘zbekiston
Katta partiyadagi tovarlarni noqonuniy olib kirishni oldini olish
© FTS RFKatta partiyadagi tovarlarni noqonuniy olib kirishni oldini olish
Katta partiyadagi tovarlarni noqonuniy olib kirishni oldini olish - Sputnik O‘zbekiston
Katta partiyadagi tovarlarni noqonuniy olib kirishni oldini olish

Ushbu kiyim kechaklar bayonnomaga asosan olib qo‘yilib, ashyoviy dalillarni saqlash kamerasiga joylashtirildi. Qoidabuzarlikni sodir etgan yo‘lovchi o‘z aybini tan oldi. Endi undan jarima undiriladi yoki tovarlari musodara qilinadi.

Rossiya Federal bojxona xizmati yo‘lovchilarga yuklarni bojxona chegarasidan olib o‘tish qoidalarini batafsil o‘rganish chiqish va bojxona nazoratidan o‘tayotgan paytda qat’iy amal qilishni tavsiya etadi.

Rossiya aeroportlarida bojxona nazorati zonasida o‘rnatilgan stendlardagi ma’lumotlarga alohida e’tibor berish zarur. Agarda yo‘lovchi qo‘l yuklarida yozma ravishda deklaratsiya qilinishi kerak bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lgan taqdirda "qizil yo‘lak"dan o‘tishlari shart. Bojxona qoidalarga amal qilmagan  shaxslar qonunchilik talablari asosida javobgarlikka tortiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0