Xalq banki pensiya to‘lovi haqida batafsil ma’lumot berdi

Obuna bo‘lish
Xalq banki filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun 590 ta "Damas" rusumli avtomashinalar sotib olinib, filiallarga yetkazib berildi

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Joriy yilning 1-iyulidan boshlab Respublikamizning barcha tuman va shaharlarida (195 ta) pensiya to‘lovlarini Xalq bankiing 2 mingta sayyor kassalari tomonidan to‘lanishi to‘liq joriy qilindi, deb xabar berdi Xalq banki matbuot-xizmati.

Zona otchujdeniya - Sputnik O‘zbekiston
Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olganlarga pensiya to‘lanadi
Xabarga ko‘ra, endilikda pensionerlar har oylik pensiya mablag‘larini jadvalga muvofiq posolka, qishloq, ovul va mahallalardagi fuqarolar yig‘inlarida olishadi. Jadvalda belgilangan vaqtda pensiyani olishga ulgura olmagan shaxslar esa o‘z pullarini boshqa kunlarda olishlari mumkin.

"Xalq banki filiallaridan maxsus kassalarga naqd pullarni o‘z vaqtida va uzluksiz yetkazib berish uchun 590 ta "Damas" rusumli avtomashinalar sotib olinib, filiallarga yetkazib berildi va kelgusida joylardagi filiallarning ehtiyojlariga qarab qo‘shimcha avtomashinalar sotib olinadi", — deb qo‘shimcha qilingan xabarda.

Shuningdek, pensiya mablag‘ini uyiga olib kelib beriladigan shaxslar ro‘yxati ham tuzib chiqilib, pensiya va nafaqalarning maxsus kassalari joylashishida qandaydir o‘zgarishlar bo‘lsa, pensiya oluvchilar bank, shuningdek qishloq, ovul va mahalla fuqarolar yig‘inlari tomonidan xabardor etilishi belgilab qo‘yildi.

Pensiya bo‘yicha "Ishonch telefoni" ishga tushdi - Xalq banki
Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan Xalq banki bilan birgalikda pensiya va nafaqalar to‘lanishini onlayn rejimda SMS-xabardor etish tizimi amalga tatbiq etildi.

Bankning barcha tuman va shahar filiallarida pensiya va nafaqa to‘lovlari bo‘limi tashkil qilinib, malakali mutaxassislar bilan butlandi.

Kasb-hunar kollejlarini tamomlagan 4 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar kassir va buxgalter nazoratchi lavozimlariga ishga olinib, ularning bandliklari ta’minlandi.

Xalq banki tizimida pensiya va nafaqa to‘lovlarini tarqatish bo‘yicha barcha ma’sul xodimlarga o‘quv seminarlari tashkil qilinib, ularning tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishlari, mijozlarga muomala madaniyati bo‘yicha bilim va malakalar hamda tavsiyalar berib borilmoqda.

Xizmat sifatini yanada oshirish maqsadida bankning markaziy apparatidan malakali bank xodimlari biriktirilib, ular filiallarga va joylardagi kassalargacha borib, pensiya mablag‘larini to‘lab berishda amaliy yordam berishmoqda.

Pensiya bo‘yicha "Ishonch telefoni" ishga tushdi - Xalq banki
Pensionerlarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida har bir mahalla fuqarolar yig‘ini ma’muriy binosida bank tomonidan maxsus stendlar tayyorlanib, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar bilan ta’minlangan holda ko‘rinadigan joyga joylashtirildi.

Pensiya mablag‘larini tarqatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammo va shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha "1106" qisqa raqamli "ishonch telefoni" tashkil etildi.

O‘rganishlar natijasi shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘zbekistonliklarning aksariyati belgilangan grafiklarda pensionerlarning ism-shariflari chiqmay qolishi holatlaridan shikoyat qilishgan. "Bugungi kunda bu kabi masalalar deyarli bartaraf etilgan bo‘lib, yuzaga kelayotgan vaziyatlar Xalq bankining "1106" qisqa raqamli "ishonch telefoni" orqali tezkor hal etilib kelinmoqda", — deyilgan Xalq banki xabarida.

Yangiliklar lentasi
0