TOShKENT, 6-iyun — Sputnik. Pensiya tarqatilishi jarayonida muammolarga duch kelgan o‘zbekistonliklar murojaatlarini qabul qilish uchun "1106" qisqa raqamli "ishonch telefoni" tashkil etildi, deb xabar qildi Xalq banki matbuot-xizmati.
"Pensiya mablag‘larini tarqatilishi jarayonida yuzaga keladigan muammo va shikoyatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish bo‘yicha "1106" qisqa raqamli "ishonch telefoni" tashkil etildi.
Endilikda pensionerlarimiz o‘z pullarini olishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday muammo haqida ushbu qisqa raqamlar orqali murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi", — deyiladi xabarda.
Endilikda pensiya va nafaqalar pensionerlarning o‘zlari istiqomat qiladigan mahalla hududidagi maxsus xonalarda naqd pul shaklida tarqatib kelinmoqda.
Pensiya va nafaqalarni maxsus kassalardan olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shaxslar va betob kishilarga pensiyalar uylariga yetkazib berilmoqda, deb xabar qilgan bank axborot xizmati.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.