Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olganlarga pensiya to‘lanadi

© Sputnik / Andrey Aleksandrov / Mediabankka o‘tishZona otchujdeniya
Zona otchujdeniya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qarori qabul qilindi

TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi, deb xabar bermoqda nuz.uz.

Pojilie jenshini v parke - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston pensionerlari nafaqa olishlarini xorijda tasdiqlashlari mumkin

Nizomga ko‘ra, nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga, shu jumladan 2011-yil 1-yanvardan keyin takroriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgandan so‘ng nogironlikning III guruhi belgilangan shaxslarga nogironlik pensiyasi to‘lanmaydi.

Biroq Vazirlar Mahkamasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq, endilikda bu qoida Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslarga tatbiq etilmaydi.

Shunday qilib, Chernobil halokati oqibatida III guruh nogironligini olgan shaxslar pensiya olish huquqiga ega bo‘ldilar, deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0