Chirchiqda quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi zavod qurilmoqda

© Sputnik / Mixail Fomichev / Mediabankka o‘tishVistavka "Smotrite, eto — NANO!"
Vistavka Smotrite, eto — NANO! - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Germaniya hamkorligida qurilayotgan yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 60-70 MVt bo‘lib, keyinchalik 2 yoki undan ko‘p marotabaga oshirilishi mumkin.

TOShKENT, 17-iyul — Sputnik. Chirchiqda fotoelektrik modullar, ya’ni quyosh batareyalari ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ishga tushirilmoqda, deb xabar qildi UT.uz nashri.

"Chirchiqtransformatorzavodi" AJ negizida yaratilayotgan yangi korxonaning quvvati nafaqat O‘zbekiston ehtiyojini qoplashga, balkim MDH mamlakatlariga eksport qilish imkonini ham yaratadi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan panellar ayni damda chet eldan olib kelinayotgan batareyalarga nisbatan 30%ga arzon bo‘ladi. Yangi korxonaning ishlab chiqarish quvvati yiliga 60-70 MVt bo‘lib, keyinchalik 2 yokin undan ko‘p marotabaga oshirilishi mumkin.

Elektron komponentlar ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
General Electric O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqaradi

Yangi korxona Germaniyaning  SCHMID kompaniyasi bilan birgalikda qurilmoqda. SCHMID Group 1864-yilda yaratilgan bo‘lib, bugungi kunda Yevropaning yetakchi elektron va innovatsion kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Quyosh energetikasi sohasida kompaniya 50-yillik tajribaga ega.

Chirchiqda qurilayotgan yangi korxona eng zamonaviy texnologiyalar asosida hamda Yevropaning TeamTechnik, Burkle va Robust kabi yetakchi mashinasozlik korxonalarining uskunalari bilan jihozlangan bo‘ladi.

Bu yerda ishlab chiqariladigan fotoelektrik modullarning foydali ish koefitsenti 18% va undan baland bo‘ladi. Shuningdek, ishlab chiqarilayotgan panellar 25-yil xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘ladi.

Shuningdek, kelajakda ishlab chiqarishni mahallyilashtirish darajasi bugungi 30%dan 80%ga yetkiziladi. Xususan, texnik kremniydan fotoelementlar uchun kerak bo‘ladigan kremniyga aylantiradigan sex qurilishi rejalashtirilgan.

2021 yilga qadar besh quyosh elektr stansiyasi ishga tushadi

Ayni damda eng zamonaviy ishlab chiqarish standartlariga javob beradigan ishlab sexi binosi hamda avtomatlashtirilgan saqlash ombori qurilish ishlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yil O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan, qayta tiklanuvchi energiya manbaalarini rivojlantirish dasturini imzolagan edi. Unga ko‘ra, 2017-2021 yillar davomida alternativ energetikani rivojlantirish hisobidan Respublikada elektr energiyasi ishlab chiqarishni 1,25 GVtga oshirish rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0