General Electric O‘zbekistonda quyosh panellari ishlab chiqaradi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka o‘tishElektron komponentlar ishlab chiqarish
Elektron komponentlar ishlab chiqarish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kompaniya prezidentining mart oyining boshida O‘zbekistonga uyushtirgan safari chog‘ida anglashuv memorandumi imzolangan edi.

TOShKENT, 15 mar — Sputnik. General Electric (GE) kompaniyasi  2017-2019 yilllarda O‘zbekistonda turli mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha bir qator loyihalar amalga oshiradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligi xabariga asosan.

“Iqtisodiyot vazirligi va General Electric orasida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolangan. Unda umumiy qiymati 388 mln $ bo‘lgan sanoat va maishiy asbob-uskunalar ishlab chiqarish sohasida 13 ta loyiha amalga oshirish nazarda tutilgan”, — deyilgan vazirlik vakilining xabarida.     

Ushbu loyihalar qatorida Chirchiqda neft va gaz sohasida ishlatiladigan yuqori bosimli nasoslar, detander-generatorlar ishlab chiqarish, Sho‘rtan gaz-kimyo

Pismenniy nabor glavi gosudarstva - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va General Electric kompaniyasi hamkorlik haqida kelishib oldi
majmuasi asosida injiniring markazi yaratish, Buxoro mexanika ta’mirlash zavodi asosida va neft va gaz sohasidagi asbob-uskunalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish markazi yaratish loyihalari bor. 

Undan tashqari quyosh panellari, shamol generatorlari, tibbiyot texnikasi, rentgen va ultratovush apparatlari, elektrokardigraf va o‘pkani sun’iy shamollatish moslamalari ishlab chiqarish loyihalari ham bor.

Eslatib o‘tamiz, mart oyining boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning General Electric kompaniyasi vitse-prezidenti Ronald Jeyms Pollett bilan uchrashib hamkorlik munosabatlarini muhokama qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0