2021 yilga qadar besh quyosh elektr stansiyasi ishga tushadi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda qayta tiklanadigan manbaalardan foydalanishni yo‘lga qo‘yish uchun kelajak besh yilda 1,9 mlrd $ xarajat qilish rejalashtirilgan.

TOShKENT, 14 mar — Sputnik. Yaqinda imzolanishi kutilayotgan prezident qarori loyihasiga binoan, 2017-2021 yillarda O‘zbekistonda umumiy qiymati 1,88 mlrd $ bo‘lgan beshta quyosh elektr stansiyasi quriladi.

Quyosh elektrstansiyasi - Sputnik O‘zbekiston
Quyosh fotoelektr stansiyasi qachon ishga tushadi?

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu elektr stansiyalarining umumiy quvvati 500 MVtni  tashkil qiladi. Ular respublikaning 5 hududida quriladi.

Yangi dastur 8 kichik GESlarni ta’mirlash va yana 13 kichik GESlar qurish loyihalarinia ham o‘z ichiga olgan. Yangi quriladigan GESlarning umumiy quvvati 154 MVtni bo‘lib, ularning umumiy qiymati 724 million $ni tashkil qiladi.

Qayta tiklanadigan elekt manbaalari sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishda 854 mln $ kompaniya mablag‘lari, 805 mln $ chet el kreditlari, 110 mln $ — O‘zbekiston  rivojlanish va taraqqiyot fondi zaymi va 113 mln $ mahalliy banklar kreditlaridan foydalaniladi.  

Ushbu dasturga ko‘ra 2017-yil oxiriga qadar “Qayta tiklanadigan energiya manbaalari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish ham nazarda tutilgan.

Rasmiy xabarlarga ko‘ra, agar yillik 8-8,5 % iqtisodiy o‘sish darajasi saqlanib qolsa, 2030-yilga qadar O‘zbekistonda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 25,5 % ga oshishi kutilmoqda.

Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra mamlakatda qayta tiklanadigan elektr manbaalari miqdori 51 milliard tonna neft ekvivalentiga teng.

Yangiliklar lentasi
0