TOShKENT, 16-iyul — Sputnik. Ichan qal’ada sayyohlarga audiogid xizmat ko‘rsatadigan bo‘ldi, deb xabar qildi O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot-xizmati.
Shu bois, Xorazm viloyatiga individual ravishda keluvchi sayyohlarga qulaylik yaratish va ularni yanada ko‘proq jalb qilish maqsadida, Turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi, "Ichan qal’a" davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi M. Abdurasulov bilan hamkorlikda smartfon va planshetlar uchun "Khiva Audio Tour" mobil ilovasi yaratildi.
"Khiva Audio Tour" mobil ilovasi muallifi yosh dasturchi Abdurasulov Rasulbek bo‘lib, mazkur mobil ilovani hozirda "Android" tizimidagi smartfonlar va planshetlar uchun "Play Market"" mobil ilovasidan va "IOS" tizimidagi smarfon va planshetlar uchun ""App Store"" mobil ilovalaridan yuklab olish imkoniyati mavjud. Mazkur mobil ilovada "Ichan qal’a" majmuasidagi barcha tarixiy obyektlar haqida ma’lumotlar jamalangan. Ma’lumotlarni audio shaklda eshitish va undan tashqari matn shaklida ham olish mumkin.
Ilovaga obyektlarning suratlari ham joylashtirilgan. "Khiva Audio Tour" mobil ilovasining yana bir o‘ziga hos tomoni shundaki, bu uning GPS Navigator tizimiga ulanganligidir. Mobil ilova avtomatik ravishda tarixiy obyektlarni aniqlaydi va malumotlarni taqdim qiladi ya’ni, "Ichan qal’a" majmuasidagi ma’lum bir tarixiy obyektga yakinlashganda GPS Navigator tizimi orqali obyektni tanib oladi va ma’lumotlar audio shaklida yangray boshlaydi.
Undan tashqari, mazkur "Axborot markazi"da planshetlar ijarasi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, planshetlarning hammasiga "Khiva Audio Tour" mobil ilovasi o‘rnatilgan. Mobil ilova ishga tushgan kundan boshlab ilova ko‘plab sayyohlar tomonidan internet orqali yuklab olingan hamda mazkur mobil ilova haqida qo‘plab ijobiy fikrlar bildirilgan.