TOShKENT, 13 yanv — Sputnik. Zaxarova har hafta o‘tkaziladigan brifing chog‘ida G‘arbdagi axborot oqimidan farqli o‘laroq RT telekanali va Sputnik agentligi alternativ nuqtayi-nazarligini aytdi, deb yozgan RIA Novosti.
"Bu hujjatni tuzganlarga savolim bor: sizlar "Amerika ovozi" va "Ozodlik radiostansiyasi" singari resurslar borligidan ham xabardormisizlar?… Agar ular rus tilini bilishganlarida va ikki daqiqa e’tiborlarini ushbu resurslarda e’lon qilinadigan materiallarga qaratganlarida, aminmanki, ular bizga qo‘ng‘iroq qilib, kechirim so‘ragan bo‘lishardi. Nega desangiz, bu resurslarda olib boriladigan tashviqotni boshqa joydan topish amrimahol", — deya fikr bildirgan diplomat. Zaxarova shuningdek, "Amerika ovozi" va "Ozodlik radiosi"ni kim moliyalashtirishini Moskvaga yaxshi ayonligi haqida qo‘shimcha qilgan.
Zaxarovaning fikriga ko‘ra, shu bois ham bu yerda "RT va Sputnik agentligining tashviqoti haqida gapirish o‘rinsiz.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq MRB(SRU) va AQShning boshqa razvedka xizmatlari Rossiyani navbatdagi bor saylovlarga aralashganlikda ayblab bayonot e’lon qilgan edi. Ma’lumotlar o‘ta mahfiyligiga iddao qilgan tashkilotlar e’lon qilingan ayblovlariga dalil keltirmagan. Hujjatga muvofiq, Amerika razvedka hamjamiyati Rossiya OAVlari va ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlardan kelib chiqqan holda "Rossiya saylov natijalariga ta’sir ko‘rsatish maqsadida mahfiy operatsiya" o‘tkazgan degan xulosaga kelgan. AQSh razvedka xizmatlari tomonidan tayyorlangan bayonotning deyarli teng yarmi RT telekanali faoliyati va Sputnik agentligiga bag‘ishlangan. RT telekanali bo‘yicha 5-yil oldingi ma’lumotlardan foydalanilgan.