TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Qirg‘izistonda prezident saylovlari poygasida ishtirok etishni xohlayotganlar soni 25 nafarga yetdi. Ularning barchasi nomzodlar sifatida Markaziy Saylov Komissiyasiga rasman hujjat topshirganlar, deb xabar qildi RIA Novosti nashriga juma kuni mamlakatdagi saylovlar va referendum o‘tkazish bo‘yicha Markaziy komissiya matbuot-xizmati vakili.
Qirg‘iziston MSK saylovlarni yoritish uchun 258 nafar OAV vakillarini akkreditatsiyadan o‘tkazgan.
O‘z nomzodini ko‘rsatayotganlarning barchasi 26-avgust sanasiga qadar o‘zini qo‘llab-quvvatlagan aholi orasida 30 ming imzo to‘plashi, MSK hisob raqamiga 1 million som (15 ming dollar atrofida) mablag‘ kiritishi shuningdek, davlat tilidan test topshirishi kerak bo‘ladi.
Ilgariroq, uch kishi: ishbilarmon, huquqiy himoya markazi rahbari hamda vaqtincha ishsiz fuqarolar Qirg‘izistonda prezidentlik saylovlarida qatnashish niyati borligini bildirishgani haqida xabar bergan edik. Kuni kecha "Bүtүn Qirg‘iziston" partiyasidan Adaxan Madumarov hamda turkiy tilli mamlakatlar siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi rahbari Nusret Musa-o‘g‘li Mamedov o‘z nomzodlarini ilgari surishgan.