TOShKENT, 28 fev — Sputnik. Qirg‘iziston bundan buyog‘iga rivojlanayotgan normal davlat bo‘lishi kerak, mamlakatda inqiloblarga nuqta qo‘yildi, deb aytgan Almazbek Atambayev.
"Qirg‘izistonda inqiloblarga nuqta qo‘yildi", — degan Atambayev RF prezidenti Vladimir Putin bilan o‘tkazilgan matbuot-anjumani yakunida.
"Qirg‘izistonda inqilobni amalga oshirmoqchi bo‘lganlarga, bugun shuni eslatib qo‘ymoqchiman-ki, mamlakatda bo‘lib o‘tgan ikkala inqilob yetakchisi ham o‘zim bo‘lganman. 2005-yilda Oq Uyni zabt etgan kolonna Atambayev qismatiga to‘g‘ri kelgan, 2010-yilda ham eslaringda bo‘lsa, Qirg‘izistonning norozi fuqarolari qayerda to‘planishgan edi, — Atambayevning ofisi oldida", — deya qo‘shimcha qilgan u.
"Shuning uchun, aytmoqchimanki uchinchi inqilobni men amalga oshirmayman", — deb ta’kidlagan Qirg‘iziston prezidenti.