TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirimoqchi bo‘lgani uchun sudlangan Qozog‘iston fuqarosi Ilya Pyanzin uni kechirishlarini so‘rab murojaat qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozog‘iston nashri, "Kommersant"ga asoslanib.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, 2013-yilda Pyanzin 10-yilga qamalgan edi, lekin hozir u Rossiya prezidenti nomiga maktub yozib, uni kechirishlarini so‘ramoqda.
Ozodlikdan mahrum bo‘lgan Pyanzin Rossiya davlat rahbarining faoliyatini teleekranlar orqali diqqat bilan kuzatib borgan va unga prezidentning xalqaro va ichki siyosatdagi faoliyati unga ma’qul bo‘lgan. Undan tashqari, Pyanzin o‘z qilmishini axmoqona va asossiz harakat deb hisoblaydi va undan pushaymon qilmoqda.
O‘zini oqlash maqsadida, jinoyatchi ushbu qilmishni Rossiyadan qochgan ikki chechen do‘stlarining ta’siri ostiga tushib qolganini tufayli amalga oshirganini va oqibatda ularning qo‘lidagi qurolga aylanganini yozgan.
Pyanzinnig turmush o‘rtog‘i aytishiga qaraganda, oldin u yaxshigina oila boshlig‘i bo‘lgan, lekin uyda ishsiz o‘tirgan. Universitetning ikkinchi kursida islom dinini qabul qilgan. Undan keyin esa ikki Chechenistonlik — Adam Osmayev va Ruslan Madayevlar bilan tanishib qolgan. Adam Osmayev esa "Imarat Kavkaz" terrorchi tashkilotining a’zosi bo‘lgan va Checheniston rahbari Ramzan Qodirovga suiqasd uyushtirgani uchun qidiruvda bo‘lgan.
Osmayev va Madayev Pyanzinga Ukrainada birgalikda biznes olib borishni taklif qilishgan. Lekin Kiyevda ularning yovuz maqsadlaridan xabar topgan Pyanzin, bu haqida huquqni saqlash organlariga xabar qilishga jur’at etmagan.
Bir kun qo‘lbola portlash moslamasini sinovdan o‘tkazish vaqtida, Madayev halok bo‘ladi, Pyanzin esa yaralanib kasalxonaga tushadi. O‘sha yerda uni hibsga olishadi. Osmayev esa qochib ketadi, lekin tez orada uni ham qo‘lga olishadi.
Ukraina Pyanzinni Rossiyaga topshiradi, Osmayev esa Yevropa sudiga murojaat qilgani tufayli uni Ukraina qamoqxonasida qoldirishadi. Ukrainada hukumat almashganidan keyin esa uni ozod qilishadi.
Nashr xabariga ko‘ra, ushbu xat Putinga yetib bormasligi ham mumkin ekan, chunki oldin uni mahalliy avf etish komissiyasi ko‘rib chiqishi kerak ekan.