Islom Karimovga uyushtirilgan suiqasd haqida kitob chiqdi

© AFP / BRENDAN SMIALOWSKIIslom Karimov
Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Badiiy asar asosida 1999-yilning fevral oyida Toshkentda bo‘lib o‘tgan voqealar yotadi. O‘shanda vahobiy-terrorchilar O‘zbekiston prezidenti, hukumatiga va huquqni saqlash organlariga qarshi tajovuz qilishgan edi.

TOShKENT, 25 yanv — Sputnik. Bugun Toshkentda yozuvchi Akbar Mirzoning “Suiqasd” asari taqdimoti bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Yangi kitob O‘zbekiston Birinchi prezidenti tug‘ilgan kuni arafasida taqdim qilinmoqda. Kitobda Islom Karimov og‘ir sinovdan mardonavor o‘tgan davlat rahbari sifatida tasvirlangan. Shuningdek, jinoyatchilarni fosh qilishda ishtirok etgan huquqni saqlash organlarining tezkor va aniq harakatlari haqida ham hikoya qilingan.

“Bu asar yosh va istiqbolli yozuvchi Akbar Mirzoning oldin chop etilgan, Namangan va Andijon voqealari aks ettirilgan, "Ayozi cho‘zilgan bahor" va "Ajal bilan yuzma-yuz" kitoblarining davomi bo‘lib, u mustaqil O‘zbekiston bosib o‘tgan murakkab yo‘lni tasvirlaydi. Asarda O‘zbekiston Birinchi prezidenti faoliyati haqida badiiy naqlda hikoya qilib berilgan”, — deb izoh berdi O‘zbekiston  yozuvchilar ittifoqi a’zosi Habib Temirov.

Eslatib o‘tamiz, 1999-yilning Fevralida vahobiy-terrorchilari Toshkentning 6 joyida portlashlar uyushtirgan edi. O‘shanda O‘zbekiston rahbariyati, muhim davlat boshqaruv organlari terrorchilar nishoniga aylangan edi.

Islom Karimov - Sputnik O‘zbekiston
Islom Karimov haykalini yaratish bo‘yicha xalqaro ijodiy tanlov shartlari e’lon qilindi

Terrorchilar Vazirlar Mahkamasi binosining “V“ shaklidagi ustuni oldida bomba o‘rnatilgan avtomobil portlatib yuborishadi. Aynan shu vaqtda Vazirlar mahkamasining kengashi o‘tkazilishi va unda prezident ham ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘ladi.

O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov 2016-yilning 2-sentabrida, 78 yoshida vafot etdi. 30-yanvar Islom Karimov tug‘ilgan kuni. Ayni damda O‘zbekistonning barcha hududlarida ushbu kunni munosib kutib olish uchun tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0