Ramzan Qodirov suiqasd uyushtirmoqchi bo‘lgan yosh terrorchilarni kechirdi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishChecheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov
Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ramzan Qodirov yosh yigitlarga o‘z xatolarini to‘g‘rilashga imkon berdi, chunki ular jinoyat sodir qilishga hali ulugmagan va o‘z qabih muddaolaridan tavba qilgandilar.

TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Argun shahri vakillari bilan uchrashdi.

Qodirov vahobiylik mafkurasi ta’siriga tushib qolgan yosh yigitlar va ularning qarindoshlari bilan gaplashdi. Yosh vahobiylar jinoyat sodir qilishga ulugmaganligi va o‘z qilmishlaridan chin dildan tavba qilganligi munosobati bilan, ularga xatolarinini to‘g‘rilashga imkon berdi. Ularning ota-onalari bo‘lsa, “o‘z farzandlarini qattiqqo‘l  nazorat ostiga olishga” va’da berdilar.

“Har kuni yoshlar bilan norasmiy vaziyatda uchrashaman. Yakshanba kuni besh soatdan ortiq Argun shahri aholisi bilan suhbatlashdim. Ma’lum bo‘lishicha, yigirmaga yaqin kishi vahobiylik mafkurasi ta’siriga tushib qolgan. Ularning boshini bir savodsiz imom aylantirgan. Ular hatto Abu Bark al-Bog‘dodiy va uning homiylari haqida hech qanday ma’umotga ega emas ekanlar”, — deb qayd qildi Qodirov Instagram da.   

Ularga “Checheniston Respublikasi rahbari – vahobizmning eng katta dushmani deb, menga nisbatan nafrat tuyg‘usi uyg‘otilgan”, — deydi Qodirov.

Yangiliklar lentasi
0