TOShKENT, 3-may — Sputnik. O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda vazirlikning mas’ul xodimlari, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari olimlari, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi va tuman tibbiyot birlashmalari rahbarlari va mutaxassislari ishtirok etdi, deb xabar qildi "Jahon" AA.
Mehnat va bandlik, moddiy yordam, dori-darmon narxi, tibbiy ta’lim masalalari, nogironlik guruhini belgilash, nafaqa, protez, texnika vositalari so‘rab qilingan murojaatlar Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan alohida nazoratga olinib, ularning yechimini topish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda. Natijada bugungi kungacha murojaatlarning 93 %i o‘z yechimini topgan, 6%i ko‘rib chiqilmoqda, 1%ining egasini aniqlash imkoni bo‘lmagani uchun anonim deb topilgan.
Bu chora-tadbirlar murojaatlarni belgilangan muddatda ko‘rib chiqish, samarali yechimini topish, aholi bilan muloqotni kuchaytirishga zamin yaratmoqda, deyiladi xabarda.
Bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida sog‘liqni saqlash vazirining virtual qabulxonasi tashkil etilgani hamda doimiy faoliyat yuritadigan 1003 raqamli "ishonch telefoni" yo‘lga qo‘yilgani haqida eslatib o‘tilgan.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.