IIV haydovchilik guvohnomasi berishning yangi tartibini e’lon qildi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTeoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi tartibga ko‘ra, haydovchilik guvohnomalari fuqarolarga bir kunda, ya’ni murojaat etilgan kunning o‘zida beriladi.

TOShKENT, 10-iyul — Sputnik. Ichki ishlar vazirligi jismoniy shaxslarga haydovchilik guvohnomasi va uning talonini berishning yangi tartibini e’lon qildi.

Voditelskoe udostoverenie - ID-karta - Sputnik O‘zbekiston
Yangi haydovchilik guvohnomalari elektron chip bilan jihozlanadi

E’lon qilingan hujjatga ko‘ra, haydovchilik guvohnomasi berilayotgan fuqaro o‘quv muddati yakunida: motosikl boshqarish uchun — 16 yoshga, yengil va yuk avtomobili boshqarish uchun — 18 yoshga, avtobus tramvay va trolleybus boshqarish uchun — 21 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak.  

O‘zbekistonda haydovchilik guvohnomalari va ogohlantirish talonlari fuqarolar doimiy yoki vaqtincha turar joyidagi Ichki ishlar organlarining Ro‘yxatdan o‘tkazish-imtihon bo‘limlarida beriladi (RIB, tumanlarda — TRIB).  Harbiy xizmatchilarga — xizmatni o‘tash joylarida.

Haydovchilik guvohnomasi olish uchun kerakli hujjatlar:

a) tegishli toifadagi transport vositalarini boshqarish uchun dasturlar bo‘yicha o‘qishni tugatganligi haqidagi guvohnoma;

b) diplom va o‘quv dasturidagi fanlarni o‘tganligi to‘g‘risidagi diplom varaqasidan ko‘chirmaning notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan nusxalari;

GM Uzbekistan avtomobillari - Sputnik O‘zbekiston
"Kurs o‘ssa ham, narx o‘smaydi": GM Uzbekistan rasmiy bayonot berdi

v) 3 x 4 sm (haydovchilikka nomzod fuqaro kiyimida suratga tushirilgan bo‘lishi kerak) bo‘lgan 2 dona fotosurat;

g) sog‘ligi to‘g‘risida ma’lumotnoma;

d) bank muassasalariga topshirish va haydovchilik guvohnomasini olish uchun to‘lovlar to‘langanligi haqidagi to‘lov qog‘ozi (to‘lovlar miqdori O‘zbekiston Respublikasi IIV tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi);

e) ta’lim muassasasi tomonidan to‘ldirib tasdiqlangan haydovchining imtihon varaqasi va fuqaroning pasporti yoki uning o‘rnini bosuvchi boshqa hujjat.

Guvohnoma olish uchun amalga oshiriladigan to‘lovlar

Nazariy imtihon uchun — eng kam ish haqining 10 %;
Amaliy imtihon uchun — eng kam ish haqining 10 %;
Nazariy imtihonni qayta topshirish uchun — eng kam ish haqining 15 %;
Amaliy imtihoni qayta topshirish uchun — eng kam ish haqining 15 %;
Haydovchilik guvohnomasini berish uchun — eng kam ish haqining 20 %;
HGga ogohlantirish taloni berish uchun — eng kam ish haqining 10 %;

Izoh: yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi va uning ogohlantirish taloni o‘rniga dublikat berish uchun belgilangan to‘lov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi.

Guvohnoma berish muddati

Ariza bilan murojaat etgan shaxslarga shu kunning o‘zida, nazariy va amaliy imtihonlarni ijobiy topshirganidan so‘ng haydovchilik guvohnomasi va uning taloni yozib beriladi.

Rad etish sabablari:

  • arizasi va tegishli hujjatlari bo‘lmagan hollarda
  • nazariy imtihonni topshira olmagan shaxslar amaliy imtihonlarga qo‘yilmaydi
  • haydovchilik guvohnomasi vakolatnoma (ishonchnoma) bilan berilmaydi 
Chevrolet Cruze - Sputnik O‘zbekiston
Lacetti o‘rniga yangi avtomobil ishlab chiqariladi

Fuqarolarga davlat xizmatini ko‘rsatishning yuqorida belgilangan tartibi buzilgan hollarda, IIVga ishonch telefonlari orqali og‘izaki yoki ariza bilan yozma ravishda shikoyat qilish mumkin.

Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustdagi 156-sonli "O‘zbekiston Respublikasida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish choralari to‘g‘risi"da Qarori asosida ishlab chiqilgan.

Yangiliklar lentasi
0