Yangi haydovchilik guvohnomalari elektron chip bilan jihozlanadi

© Lex.uzVoditelskoe udostoverenie - ID-karta
Voditelskoe udostoverenie - ID-karta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi haydovchilik guvohnomasi 1968-yilda qabul qilingan Xalqaro Vena konvensiyasi talablariga javob beradigan bo‘ladi. Shuningdek haydovchilik guvohnomasi bir vaqtning o‘zida shaxsni aniqlash imkonini beruvchi ID-karta vazifasini o‘taydi.

TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. O‘zbekistonda ushbu yilning noyabr oyida berilishi boshlanadigan yangi namunadagi haydovchilik guvohnomalari shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomga ega bo‘ldi. Ya’ni ular xorijda foydalaniladigan ID-kartalarga o‘xshash bo‘ladi.  Bu haqida kecha 19-iyun kuni Vazirlar Mahkamasining 389-sonli qarori qabul qilindi.

Qarorda aytilishicha, yangi guvohnoma plastikdan tayyorlangan bo‘lib 54mm x 86mm (bank plastik kartasi) razmerida bo‘ladi. Haydovchilik guvohnomalari maxsus elektron elektron chip — NFC smart-kart bilan jihozlangan bo‘lib, u jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami (JSh ShIR) hamda qurilmalar o‘rtasida kontaktsiz ma’lumotlar almashish imkonini beradi.

Eski namunadagi haydovchilik gvohnomasini almashtirish uchun haydjvchilar 2017-yilning 1-oktabridan 2018-yilning 31-dekabriga qadar yozma ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi. Yangi namunadagi guvohnoma olish uchun pasport va eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda talon taqdim etish kerak bo‘ladi.Yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi berilgan kunidan boshlab 10-yil muddatga amal qiladi.

Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari 2021-yilning 1-yanvaridan o‘z kuchini yo‘qotadi.

© lex.uzHaydovchilik guvohnomasi - orqa tomoni
Voditelskoe udostverenie - ID karta - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilik guvohnomasi - orqa tomoni

Undan tashqari O‘zbekistonda avtotransport bilan bog‘liq boshqa hujjatlar ham 2021-yilga qadar elektron ko‘rinishga o‘tkazilib ularning qog‘oz shaklini majburiy rasmiylashtirish bekor qilinadi.

Xususan, avtotransportga egalik qilish yoki undan foydalanish uchun ishonchnoma, avtomobil texnik ko‘rikdan o‘tganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar,  fuqarolik majburiyati sug‘urta polisi kabi hujjatlar 2021-yilga qadar bosqichma-bosqich elektron shaklga o‘tkaziladi.

Yangi tizimni Ichki ishlar organlari tizimida joriy etish bilan O‘zbekiston Respublikasi IIV qoshidagi "Innovatsion loyihalar va aholiga servis xizmati ko‘rsatish markazi" shug‘ullanadi. Markaz, shuningdek, yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi guvohnomani hamda ichki ishlar organlari faoliyati doirasidagi boshqa hujjatlarni olish uchun jismoniy va yuridik shaxslarga zarur hujjatlarni yig‘ish va tayyorlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0