TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. GM Uzbekistan 3-4 yildan keyin "Lacetti"ning o‘rniga yangi avtomobil ishlab chiqaradi, deb xabar qildi jurnalistlarga GM Uzbekistan zavodining bosh direktor v.b. Rustam Rajabov.
Rajabov aytishiga qaraganda kompaniya "S" segmentida yangi modeldagi avtomobil ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ushbu segmentda ayni damda ishlab chiqarilayotgan "Lacetti" avtomobili 2-3 yildan keyin eskiradi.
"Biz kelajak rejalarimizni izchil o‘ylab olmoqdamiz. Yo‘nalishlardan biri "S" segmentidir. Biz ushbu segmentda bugun ishlab chiqarayotgan Lacetti 2-3 yildan keyin eskiradi. Biz hozir ushbu yo‘nalishda mavjud bo‘lgan barcha imkoniyatlarni o‘rganmoqdamiz. Men albatta hozir bu qanday model bo‘lishini ayta olmayman, lekin u zamonaviy, sifatli va qulay avtomobil bo‘ladi", — dedi Rustam Rajabov.
Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan yaqin to‘rt yil ichida ikkita yangi model avtomobili ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Bu "O‘zavtosanoat"ning 2021-yilgacha bo‘lgan rejasiga kiritilgan. Ushbu ikki modelni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 270 mln dollar sarflanadi.
Yangi modellar 2020 va 2021-yillarda ishlab chiqarila boshlaydi. Ularning har biridan yiliga 40 ming dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Oxirgi vaqtda GM Uzbekistan ishlab chiqarayotgan yangi avtomobillarning barchasi (Spark, Malibu, Captiva, Tracker) AQSh bozorida sotilayotgan Chevrolet avtomobillarining analogi bo‘lgani sababli quyidagi avtomobil "Lacetti"ning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan nomzodlardan biri bo‘lishi ehtimoldan uzoq emas.