Olimpiya qo‘mitasi: O‘zbekiston boksda hech qanday legionerlar xizmatiga muhtoj emas

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘zbekistonlik bokschi Profsor Rorimsha xususida ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan fikrlarga javob berdi

TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Tailandda bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finaliga yetib kelgan 8 nafar o‘zbek bokschisidan besh nafari g‘alaba qozonib, Osiyo chempioni nomiga sazovor bo‘lishdi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Tretiy den sorevnovaniy Kontinentalnogo chempionata Azii po boksu sredi mujchin - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbek bokschilari angliyalik hamkasblariga saboq berishapti

Xabarda aytilishicha, Samandar Holmurodov (49 kg.), Farrux Ilhomov (69 kg.), Rajabboy Atanazarov (75 kg.), Profsor Rorimsha (91 kg) va Lazizbek Mullojonov (91 kg.) lar o‘z raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionligini tantana qilgan bo‘lsalar, Abdumalik Halakov (52 kg.), Bilolbek Mirzarahimov (64 kg.) va Timur Ergashev (81 kg.) kumush medallar bilan cheklanishdi. Shuningdek, 60 kg. vazn toifasida Saidjamshid Jafarov bronza medali bilan taqdirlandi.

Natijada yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida 10 ta vazn toifasida ringga ko‘tarilgan bokschilardan to‘qqiz nafari sovrindorlar safidan joy olishdi va O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida 23 mamlakat orasida faxrli birinchi o‘rinni egalladi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi mamlakat boks federatsiyasi, O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi va murabbiylar shtabini muborakbod etdi hamda terma jamoa sharafini 91 kg. vazn toifasida himoya qilgan Profsor Rorimsha xususida ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan turli fikrlarga nisbatan munosabat bildirdi.

Olimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki Rio Olimpiya o‘yinlarida Ozarbayjon terma jamoasi sharafini himoya qilgan kubalik Lorenso Sotomayor kabi Rorimsha ham O‘zbekiston terma jamoasi tarkibiga legioner sifatida jalb etilgan degan fikrlar yangramoqda.

O‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston bokschilari mutlaq g‘alaba qozonishdi

Qo‘mita vaziyatga aniqlik kiritdi.

"Birinchidan, sportning boks turida O‘zbekiston hech qanday legionerlar xizmatiga muhtoj emas, chunki boksda O‘zbekiston nafaqat Osiyoda, balki jahonda yetakchi mamlakatlardan sanaladi. Buni so‘nggi yillarda qayd etilayotgan natijalar misolida ham ko‘rishimiz mumkin. So‘nggi ikki yilni oladigan bo‘lsak Rio-2016 Olimpiya o‘yinlarida ham, Toshkentda bo‘lib o‘tgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida ham, bugun Tailandda yakuniga yetgan yoshlar o‘rtasidagi qit’a chempionatida ham O‘zbekiston umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi.

Ikkinchidan, Profsor Rorimsha asli buxorolik Gulandom Rahmatova va AQSh fuqarosi Rorumesha Ibragim Suvedilarning farzandi bo‘lib, O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi. 1999-yilning 24-yanvarida tug‘ilgan. Boksdagi birinchi ustozi Ulug‘bek Qilichev. Hozirda ham ushbu murabbiy qo‘l ostida Buxoroda shug‘ullanib kelmoqda. Bugungi g‘alabasiga qadar Profsor Rorimsha shuningdek, 2015-yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida oltin, xuddi shu yili Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri mezbonlik qilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgan. Endi o‘z shaxsiy kolleksiyasiga yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining oltin medalini ham qo‘shib qo‘ydi.

© Natsionalniy Olimpiyskiy komitet UzbekistanaO‘zbekistonlik bokschi Profsor Rorimsha
Profsor Rorimsha - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik bokschi Profsor Rorimsha

Biz yaqin kelajakda Profsordan endi milliy terma jamoa tarkibida, kattalar o‘rtasidagi nufuzli musobaqalarda ham ana shunday muhim g‘alabalarni kutib qolamiz va ishonamizki u hali uzoq vaqt davomida jahoning eng yirik sport arenalarida O‘zbekiston sharafini munosib himoya qila oladi", deyiladi qo‘mita tomonidan.

Yangiliklar lentasi
0