Boks bo‘yicha Osiyo chempionatida O‘zbekiston bokschilari mutlaq g‘alaba qozonishdi

© REUTERS/ Peter CziborraO‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov
O‘zbek bokschisi Hasanboy Do‘smatov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston boks terma jamoasi 10 ta oltin medal imkoniyatidan 9 tasini qo‘lga kiritib, Osiyoda yangi rekord qayd etdilar

TOShKENT, 8-may — Sputnik. Joriy yil 30-aprel — 7-may kunlari Toshkentdagi "O‘zbekiston" sport majmuasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati mezbonlarning to‘la ustunligida yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi 10 ta oltin medal imkoniyatidan 9 tasini qo‘lga kiritib, Osiyoda yangi rekord qayd etdi.

Chinggis Khan Cup kubogi - Sputnik O‘zbekiston
Chingiz Xon kubogida O‘zbekiston boks jamoasi 11ta medal qo‘lga kiritdi
6 may kuni shiddatli bellashuvlarda O‘zbekiston vakillari 4 ta oltin medallarni qo‘lga kiritishdi. Murod Ahmadaliyev (vazni 56 kg), Elnur Abduraimov (vazni 60 kg), Isroil Madrimov (vazni 75 kg) hamda Bektemir Meliqo‘ziyev (vazni 81 kg) birin-ketin o‘z bellashuvlarida g‘alaba qozonishdi.

7 may kuni yana o‘zbekistonlik 5 bokschilar ringga ko‘tarildi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (vazni 49 kg gacha) hal qiluvchi bellashuvini mo‘g‘ulistonlik Gan Erdene Ganxuyangga qarshi o‘tkazdi va uning ustidan g‘alaba qozondi. Do‘stmatov Osiyo chempionatining o‘z vazn toifasida ikkinchi bor tengsiz bo‘ldi. U shuningdek, turnirning eng yaxshi bokschisi sifatida tan olindi. Terma jamoa hisobiga oltinchi oltinni 52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Jasur Latipov keltirdi. U janubiy koreyalik In Kyu Kim ustidan g‘alaba qozondi.

Yettinchi va sakkizinchi oltin medallarga 64 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasidagi Iqbol Xoldorov hamda 69 kilogrammgacha bo‘lgan vazn toifasida ringga ko‘tarilgan Shahram G‘iyosov ega bo‘ldi. Osiyo chempionatining 10 ta vazn toifasidagi bellashuvlarida 8 ta oltin medalni qo‘lga kiritish O‘zbekiston terma jamoasi uchun rekord natija hisoblanardi.

Prezident AIBA posetil v detskiy trenirovochniy sentr po boksu - Sputnik O‘zbekiston
AIBA o‘zbekistonlik yosh bokschilarga sport jihozlari hadya qildi
O‘zbekiston bokschilari o‘z rekordini o‘rnatish bilan cheklanmasdan, Osiyo rekordini ham urishdi. Terma jamoaning eng og‘ir vazndagi bokschisi Bahodir Jalolov qozog‘istonlik Kamishbek Konkabayev ustidan g‘alaba qozonib, to‘qqizinchi oltin medalni naqd qildi. Osiyo chempionatida shu vaqtgacha hech qaysi terma jamoa 9 ta oltin medallarini qo‘lga kiritmagan. Shu kungacha Osiyo chempionatlarida ikki marta (1965 yil Seulda, 1987-yil Kuvaytda) Janubiy Koreya terma jamoasi 8 ta oltin medalga ega bo‘lgan edi. O‘zbekiston Osiyo rekordini o‘rnatgan holda Germaniyadagi jahon chempionatiga boradigan bo‘ldi.

Osiyo chempionatida O‘zbekiston — birinchi (9 ta oltin medal), Qozog‘iston —ikkinchi (1 ta oltin, 3 ta kumush va 4 ta bronza), Hindiston Mo‘g‘uliston terma jamoalari esa uchinchi o‘rinni bo‘lib olishdi (2 tadan kumush va bronza medallar).

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati joriy yilning 23-avgust — 4-sentabr kunlari Hamburg shahrida bo‘lib o‘tadi va unda O‘zbekiston sharafini 10 nafar bokschi himoya qiladi.

Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.

Yangiliklar lentasi
0