TOShKENT, 27-may — Sputnik. Angliya boks federatsiyasi O‘zbekiston boks federatsiyasiga rasmiy murojaat bilan chiqib, ikki mamlakat terma jamoalari o‘rtasida Toshkentda qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini o‘tkazishni so‘ragan edi, deb yozadi Olamsport.com.
Angliyaliklarning bu so‘rovi qondirildi. 25-may kunidan e’tiboran O‘zbekiston va Angliya terma jamoalari o‘rtasida qo‘shma yig‘in boshlandi. Ushbu yig‘in 2-iyunga qadar davom etadi.
Angliya terma jamoasi tarkibidan 15 nafar bokschi joy olgan. Ularga 6 nafar murabbiy hamrohlik qilyapti. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Rio Olimpiadasi g‘olib va sovrindorlari ham bor.
Ushbu yig‘in o‘zbekistonlik bokschilarga shu yil Germaniyada o‘tkaziladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Angliyalik bokschilar esa Ukrainaning Xarkov shahri mezbonlik qiladigan Yevropa chempionatiga hozirlik ko‘rishapti.
Bizning Telegramdagi o‘zbekcha kanalimizga obuna bo‘ling va eng yangi xabarlarni birinchi bo‘lib o‘qing.