Yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta sotishdan ozod etildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishAQSh dollari
AQSh dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu imtiyoz qishloq xo‘jalik mahsulotlari va yovvoyi o‘simliklar, mis va undan yasalgan buyumlar, shuningdek, tabiiy gazni eksport qiluvchi yakka tadbirkorlarga nisbatan amal qilmaydi.

TOShKENT, 02-may – Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar eksportini kengaytirishga yo‘naltirilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda lex.uz sahifasi

Hujjatga ko‘ra, yakka tartibdagi tadbirkorlar valyuta tushumini majburiy sotishdan ozod etildi.

Ushbu imtiyoz qishloq xo‘jalik mahsulotlari va yovvoyi o‘simliklar, mis va undan yasalgan buyumlar, shuningdek, tabiiy gazni eksport qiluvchi yakka tadbirkorlarga nisbatan amal qilmaydi.

Hunarmandchilik bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun o‘zlari yaratgan amaliy san’ati buyumlari uchun badiiy ekspertiza o‘tkazish xizmati narxi kam oylik ish haqining 10% miqdorida belgilandi. Oldin tadbirkorlar eng kam ish haqining 75% ini to‘lashga majbur edi.

Bundan tashqari, madaniy boyliklarning olib chiqishida kerak bo‘ladigan badiiy ekspertiza va hujjatlar rasmiylashtirish xizmati narxi 5% dan 2% ga tushirildi.

Yangiliklar lentasi
0